Etikaning quyidagi mezoniy tushunchalari – kategoriyalari bor : fazilat va illat , yaxshilik va yomonlik , halollik , rostgo`ylik , kamtarlik , adolat , burch , vijdon , nomus , ideal , baxt , hayotning ma`nosi va boshqalar . Axloq inson va jamiyat hayotining barcha ( shaxsiy , jamoaviy , kasbiy va hokazo ) javhalarni qamrab olganligi tufayli uni o`rganuvchi Etika barcha fanlar bilan aloqador .
Estetika – ( yunoncha – his qiluvchi , hissiy tarbiyaga doir ) inson bilan dunyo o`rtasidagi qadriyat munosabatining o`ziga xos tomonlarini va kishilarning badiiy faoliyati sohasini o`rganuvchi falsafiy fan . Estetika terminini ( 1714 – 1762 ) ilmiy muomalaga kiritgan . Estetikaning sinonimi sifatida go`zallik falsafasi , san`at falsafasi , badiiy ijod falsafasi iboralari qo`llanilib kelingan .