Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya’ni turli omillarning harakati natijasida juda
ko‘p turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo‘lgan yalpi ichki
mahsulot vujudga keladi.
Bu yaratilgan maxsulotlar mamlakatimiz aholisining
talablarini qondirib, ularning turmush darajasini oshirishga, ishlab chiqarishni sifat
va miqdor jihatdan yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham
mamlakatimiz Prezidenti va xukumati tomonidan yalpi ichki maxsulotni
ko‘paytirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlari izchil amalga oshirib
kelinmoqda.
Ma’lumki, har yili yilning boshida mamlakatimizda oldingi yildagi ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning yakunlari va yangi yildagi iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirishning eng ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinadi. Ushbu ustuvor
yo‘nalishlardan kelib chiquvchi vazifalar amalga oshirilib, salmoqli natija va
sezilarli o‘zgarishlar qo‘lga kiritilmoqda. Iqtisodiyotning yuqori barqaror sur’atlar
bilan o‘sishi va makroiqtisodiy muvozanati va mutanosibligi ma’lum darajada
ta’minlanmoqda, ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilish,
texnik va texnologik yangilash, diversifikatsiyalash ishlari davom ettirilmoqda.
Shuni aytish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda bu boradagi ishlar tanqidiy
tahlil qilinib, yangicha yondashuv bilan bilan olib borilmoqda. Ayni vaqtda bu
tahlillar yuqori salohiyatga ega bo‘lgan korxonalarga har bir turdagi mahsulotni
xomashyo va yarim fabrikat bo‘yicha chuqur qayta ishlashning uzoq va yaqin
kelajakdagi yillarga mo‘ljallangan aniq istiqbolga ega bo‘lgan mutlaqo yangi
dasturiy kompleks yondashuvi asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni talab
etmoqda. Bu ko‘rilgan chora va tadbirlar natijasida yalpi ichki mahsulotning
barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanib kelmoqda.
Sanoat barcha iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirishga xizmat qiladi.
Keyingi yillarda bu soha rivojiga alohida e’tibor qaratilib, yuqori texnologiyali
zavodlar, texnoparklar, ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi. O‘tgan yili
sanoatda qo‘shimcha qiymat o‘sishi 10 foizdan oshdi.
Lekin diversifikatsiya jihatidan qaraganda hali qilinadigan ishlar ko‘p.
Masalan, sanoatning 69 foizi asosan xom ashyo yoki birlamchi qayta ishlashga
70
to‘g‘ri keladi. Eksportning 52 foizini rangli metallar, energiya resurslari va ho‘l
meva tashkil etadi. Bu iqtisodiyotda haligacha tayyor mahsulotga nisbatan xom
ashyo ustunligini ko‘rsatadi.
Import qilinayotgan tovarlarni yurtimizda ishlab chiqarish, xom ashyoni
tayyor mahsulotga aylantirib sotish darajasi yetarli emas. Xususan, misning atigi
25 foizi mamlakatimizda qayta ishlanib, qolgan qismi xomashyo sifatida eksport
qilinmoqda. Shuningdek, ruxning 80, molibdenning 99, ipakning 88, terining 60
foizi xom-ashyo tarzida eksport qilinmoqda
1
.
Lekin keyingi yillarda mavjud xom-ashyolardan foydalanib ishlaydigan yangi
ishlab chiqarish korxonalari ko‘plab qurilmoqda. 2020 yilning ohiriga borib
mamlakatimizda har biri 100 megavatt quvvatga ega uchta quyosh elektr
stansiyasini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan”.
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda yetakchi bo‘lgan yirik loyihalarni o‘z
muddatida amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, “Navoiyazot” negizida 100 ming tonna polivinilxlorid, Toshkent
metallurgiya zavodida 500 ming tonna metall prokati, Sho‘rtan gaz-kimyo
majmuasida 744 ming tonna dizel yoqilg‘isi, Toshkent mexanika zavodida maishiy
texnika ishlab chiqarish klasteri, “Kvars”, “Sirdaryo Glass” va “Zarafshon oyna”
korxonalarida oyna ishlab chiqarish loyihalari yiliga 2,5 milliard dollar miqdorida
mahalliylashgan mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.
Zafarobod tumanidagi «Huahin Cement Jizzakh» MChJ tomonidan 2019
yilda sement ishlab chiqarish loyihasi uchun qiymati 82,2 mln.AQSh dollar
mablag‘ sarflangan. Bugungi kunda zavodni qurilishida 500 nafar ishchilar
ishlamoqda. Magistiral yo‘ldan zavodga boradigan yo‘llarga shag‘allar yotqazilib
ta’mirlangan. Xitoydan keltirilgan uskunalarni o‘rnatish, ishlovchilar uchun
yotoqxona va oshxona qurilmoqda, 85 foiz qurilish va ta’mirlash ishlari amalga
oshirilgan.
1
http://uza.uz/oz/politics/sanoatni-rivozhlantirish-b-yicha-vazifalar-belgilab-berildi-02-05-2019
71
Quvvati 1,2 mln.tonnaga teng sement ishlab chiqarish korxonasi joriy yilning
mart oyida foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Korxona ishga tushgach
2020 yilda 1 trln.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
1
YaIM hajmini va uning o‘sib borishini ifodalashda uni to‘g‘ri hisoblash
muhim ahamiiyatga egadir. Mustaqillikdan oldingi davrda sobiq SSSRda va uning
tarkibida bo‘lgan hozirgi MDH davlatlarida mamlakat bo‘yicha ishlab chiqarishda
vujudga keltirilgan mahsulotlar yig‘indisi jami ijtimoiy mahsulot deb atalgan.
Dostları ilə paylaş: |