Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

olmagan, 
jamiyat 
a’zolarining 
ehtiyojlarini 
bevosita 
qondirishga 
mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar va xizmatlar hisoblanadi.
Shunga ko‘ra, 
ko‘pincha ijtimoiy ishlab chiqarishning pirovard natijasi sifatida yalpi ichki 
mahsulot, sof ichki mahsulot (milliy daromad) va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin (1993 yildan boshlab) milliy 
hisoblar tizimi joriy qilindi va bunga asosan mamlakat hududida yaratilgan 
maxsulot yalpi ichki maxsulot (YaIM) deb atalib, shu shaklda hisobga olina 
boshlandi.
Yalpi ichki maxsulot deb mamlakatda yil davomida mehnat qilayotgan 
kishilar tomonidan yaratilgan, shu mamlakat taraqqiyoti va aholisi 
farovonligi yo‘lida foydalanadigan, bevosita iste’molchilarga yetkaziladigan 
tayyor maxsulotga aytiladi.
Yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmi va tarkibini hisoblashda uning o‘zgarish 
dinamikasini tahlil qilishda ikki tomonlama – naflilik (natural ashyoviy) va qiymat 
jihatidan yondashish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga YaIMning o‘zgarish 
dinamikasini tahlil qilishda doimo uni takror ishlab chiqarish nuqtai nazaridan 
qarab, uning uch qismdan iborat ekanligini va har bir qismining funksional vazifasi 
borligini hisobga olish lozim. 
Naflilik (natural ashyoviy) jihatdan
yondashilganda, ishlab chiqarish 
jarayonini davom ettirish uchun, birinchidan, iste’mol qilingan ishlab chiqarish 
vositalarini faqat qiymat holidagina emas, balki uni moddiy buyum shaklida ham 
qayta tiklash zarur. Buning uchun albatta mamlakatda yaratilgan yalpi ichki 
mahsulot tarkibida ma’lum miqdorda turli-tuman ishlab chiqarish vositalari natural 
(asosiy va aylanma vositalar) shaklda mavjud bo‘lishi kerak. Chunki bu 
vositalarsiz ishlab chiqarishni takrorlab bo‘lmaydi. Ikkinchidan, ishchi kuchining 
qayta tiklanishi uchun zarur iste’mol buyumlari mavjud bo‘lishi shart. Shuning 
uchun ham moddiy mahsulotlar ikki xil tovar mahsulot sifatida ishlab chiqarish 


74 
vositalari va iste’mol buyumlari shaklida mavjud bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida, 
ikki yirik bo‘linma ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi va iste’mol 
buyumlari ishlab chiqaruvchi bo‘linmalar o‘rtasida tovar ayirboshlash imkonini 
beradi. Undan tashqari juda ko‘p korxona va tashkilotlar aholiga turli-tuman 
xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadiki, ular mehnatining natijasi xizmatlarda 
namoyon bo‘ladi. Bu esa yalpi ichki mahsulotning muhim qismi bo‘lgan turli xil 
xizmatlardan iborat ekanligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, yil davomida mamlakatda 
yaratilgan yalpi ichki mahsulot naflilik (natural ashyoviy) jihatidan uch qismdan: 
ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari va turli xil xizmatlardan iborat 
bo‘ladi. Yil davomida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni, ya’ni milliy 
mahsulotni bunday uchta ko‘rinishga bo‘lib o‘rganish va bilish muhim ilmiy, 
amaliy va uslubiy ahamiyatga egadir. Chunki ularning har bir turi bo‘yicha talab va 
takliflar o‘rganilib, talabga yarasha ishlab chiqarishni tashkil qilish imkonini 
beradi.
Bu yerda shu narsani ta’kidlash joizki, ishlab chiqarish jarayonida iste’mol 
qilingan ishlab chiqarish vositalari ikki qismdan: asosiy va aylanma vositalardan 
iborat bo‘ladi. Lekin yalpi ichki maxsulot tarkibiga faqat yeyilgan asosiy vositalar 
qiymati kiradi, aylanma vositalar esa qo‘shilmaydi, ular oraliq maxsulotlar 
tarkibida qoladi.
Yaratilgan mahsulot 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin