280
Bunda monopol yuqori va monopol past narxlardan
foydalanilib, ular o‘rtasidagi
farq xuddi qaychining ikkita kesuvchi tomoni bir-biridan uzoqlashgandagi singari
kattalashib boradi. Narxlarning bunday harakati tovarlar ortiqchaligi va taqchilligi
hududlarining kengayishiga asoslanadi. U sanoatning ko‘plab qayta ishlovchi
korxonalari uchun xosdir. Bu korxonalar o‘zlarining
tayyor mahsulotlariga
undirma sanoat tarmoqlarida o‘rnatilgan narxlarga nisbatan bir necha marta yuqori
narx o‘rnatadilar.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga ko‘ra, “Ba’zi bir
korxonalarga imtiyozlar berish orqali o‘zimiz erkin raqobat muhitini bo‘g‘ib,
narxlarning barqaror bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqdamiz.
Endi biz bunday amaliyotdan voz kechamiz. Bu masalada hammaga teng
sharoit yaratiladi. Imtiyozlar
ayrim korxonalarga emas, balki alohida ishlab
chiqarish va xizmat turlarini rag‘batlantirish maqsadida beriladi. Imtiyozni ro‘kach
qilib, eng muhim faoliyat turlarini to‘la monopoliya qilib olishga mutlaqo yo‘l
qo‘yilmaydi”
1
.
Dostları ilə paylaş: