278
Narx
9.4-rasm. Taklif bo‘yicha narx egri chizig‘i
Rasmdan ko‘rinadiki, tik o‘qda muayyan tovarlar taklifi hajmining ko‘payib
borishi, yotiq o‘qda esa mahsulot birligiga bo‘lgan narx darajasining oshib borishi
aks ettirilgan. Taklif bo‘yicha narx egri chizig‘i (R
1
R
2
)
bozor narxining tovarlar
ommaviy taklifiga bog‘liqligini ifodalaydi.
Monopolistlar mahsulotlarning sun’iy taqchilligini vujudga keltirish
maqsadida o‘z tovarlarining sotish hajmini ataylab qisqartiradilar.
Bozorda
tovarlarning etishmasligi monopol yuqori narxlarning o‘sishiga olib keladi.
Monopoliyalar narxni oshirishning har bir yangi jarayonida tovarlarni ishlab
chiqarish va sotish hajmini qisqartirishdan ko‘rilgan zararni hisobga oladi.
Daromaddan bunday yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida ular yangi narxlarni
yanada yuqori darajada belgilaydilar. Shu bilan
bir vaqtda monopoliyalar
mahsulotlarning qisqargan hajmini sotishdan olingan tushum yo‘l qo‘yilgan
yo‘qotishni qoplashi hamda daromad miqdorining o‘sishini ta’minlashini nazorat
qilib turadilar.
Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi.
Monopsoniya
mayda tovar ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning
katta hajmini sotib olib, talab
bo‘yicha narx qonunidan o‘ziga xos tarzda foydalanadi.
Ommaviy talab bo‘yicha narxning o‘zgarishi
quyidagi
miqdoriy
bog‘liqlikni aks ettiradi: taklifga nisbatan xaridorlarning ommaviy talabi qanchalik
katta bo‘lsa, bozor narxi darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha, talabning
kamayishi bilan bozor narxi pasayib boradi. Bu bog‘liqlik 9.5-rasmda yaqqolroq
279
aks ettirilgan. Rasmdan ko‘rinadiki, tik o‘qda muayyan tovarlarga talab hajmining
ko‘payib borishi, yotiq o‘qda esa mahsulot birligiga bo‘lgan
narx darajasining
oshib borishi aks ettirilgan. Talab bo‘yicha narx egri chizig‘i (R
1
R
2
) bozor
narxining xaridorlarning ommaviy talabiga bog‘liqligini ifodalaydi.
Talab miqdori
R
2
R
1
0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
Narx
Dostları ilə paylaş: