Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Ommaviy taklif bo‘yicha narx o‘zgarishi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ommaviy taklif bo‘yicha narx o‘zgarishi
quyidagi miqdoriy bog‘liqlikni 
aks ettiradi: talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik yuqori bo‘lsa, bozor narxi 
darajasi shunchalik past bo‘ladi va aksincha, taklif kamayishi bilan narx oshib 
boradi (9.4-rasm). 
Taklif miqdori 


278 
 Narx 
9.4-rasm. Taklif bo‘yicha narx egri chizig‘i 
Rasmdan ko‘rinadiki, tik o‘qda muayyan tovarlar taklifi hajmining ko‘payib 
borishi, yotiq o‘qda esa mahsulot birligiga bo‘lgan narx darajasining oshib borishi 
aks ettirilgan. Taklif bo‘yicha narx egri chizig‘i (R
1
R
2
) bozor narxining tovarlar 
ommaviy taklifiga bog‘liqligini ifodalaydi. 
Monopolistlar mahsulotlarning sun’iy taqchilligini vujudga keltirish 
maqsadida o‘z tovarlarining sotish hajmini ataylab qisqartiradilar. Bozorda 
tovarlarning etishmasligi monopol yuqori narxlarning o‘sishiga olib keladi.
Monopoliyalar narxni oshirishning har bir yangi jarayonida tovarlarni ishlab 
chiqarish va sotish hajmini qisqartirishdan ko‘rilgan zararni hisobga oladi. 
Daromaddan bunday yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida ular yangi narxlarni 
yanada yuqori darajada belgilaydilar. Shu bilan bir vaqtda monopoliyalar 
mahsulotlarning qisqargan hajmini sotishdan olingan tushum yo‘l qo‘yilgan 
yo‘qotishni qoplashi hamda daromad miqdorining o‘sishini ta’minlashini nazorat 
qilib turadilar. 
Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi. 
Monopsoniya 
mayda tovar ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning katta hajmini sotib olib, talab 
bo‘yicha narx qonunidan o‘ziga xos tarzda foydalanadi.
Ommaviy talab bo‘yicha narxning o‘zgarishi
quyidagi miqdoriy 
bog‘liqlikni aks ettiradi: taklifga nisbatan xaridorlarning ommaviy talabi qanchalik 
katta bo‘lsa, bozor narxi darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha, talabning 
kamayishi bilan bozor narxi pasayib boradi. Bu bog‘liqlik 9.5-rasmda yaqqolroq 


279 
aks ettirilgan. Rasmdan ko‘rinadiki, tik o‘qda muayyan tovarlarga talab hajmining 
ko‘payib borishi, yotiq o‘qda esa mahsulot birligiga bo‘lgan narx darajasining 
oshib borishi aks ettirilgan. Talab bo‘yicha narx egri chizig‘i (R
1
R
2
) bozor 
narxining xaridorlarning ommaviy talabiga bog‘liqligini ifodalaydi. 
Talab miqdori 
R
2
R
1
0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
Narx 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin