Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

mumkin bo‘lgan narx.
Bunday narx yordamida davlat inflyatsiyani jilovlaydi
narx darajasini nazorat qiladi. 
Dotatsiyalangan narx
– davlat budjeti hisobidan 
maxsus arzonlashtirilgan narx. 
Bunday narxdan kam daromadli oilalar, beva-
bechoralar, ishsiz va nogironlarni hayotiy zarur ne’matlar bilan eng kam darajada 
ta’minlab turishda foydalaniladi. 
Demping narx – bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini 
bozordan siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus 
narx.
U «bozorga kirib olish narxi» deb ham ataladi. Demping narxda rasmiy 
narxning bir qismidan kechib yuboriladi.
Nufuzli narx – sotish hajmini o‘zgartirmasdan, yuqori foyda olishga 
erishish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan narx.
Bu narxni qo‘llash 
uchun bozorda raqobat cheklangan bo‘lib, monopol vaziyat mavjud bo‘lishi zarur. 
Mazkur vaziyatda talab narxga bog‘liq bo‘lmaydi, shu sababli narxning ko‘tarilishi 
tovar sotilishini keskin kamaytirmaydi. Bundan tashqari aholining yuqori daromad 
oluvchi qatlami xarid qiladigan nufuzli tovarlar ham mavjudki, ular nufuzli 
narxlarda sotiladi. Rivojlangan mamlakatlarda yuqori daromad oluvchi aholi 
qatlami uchun dala hovliga ega bo‘lish, mashhur kurortlarda dam olish, so‘nggi 
nusxadagi kiyimlar kiyish, yangi modeldagi avtomashinada yurish – martabali yoki 
obro‘talab iste’mol hisoblanadi. Martabali iste’mol nufuzli narxlarni yuzaga 
keltiradi. Ular odatdagi narxlardan ancha yuqori bo‘ladi. Nufuzli narxlarni 
qo‘llashda tovarlarni ishlab chiqarish xarajatlari va rentabellik darajasi, bozordagi 
talab, uning o‘zgarishi va bozordagi raqobatlashuv sharoiti hisobga olinadi. 
Shunga qarab, 
ma’lum davrgacha o‘zgarmaydigan qat’iy (standart) narx va 
o‘zgaruvchan narx qo‘llaniladi.
Shunday tovarlar borki, iste’molchilar ularning 
narxi o‘zgarmasligini afzal ko‘radi. Masalan, kommunal xizmat, transport xizmati 
tariflari shunday narxlar jumlasiga kiradi. 


274 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin