Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 Narx turlari va ularning mazmuni



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

9.2. Narx turlari va ularning mazmuni 
Iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlaridagi ishlab chiqarish va sotish 
sharoitlarining xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi 
darajasidagi farqlar narx turlarini farqlash zaruratini tug‘diradi. 
Iqtisodiyotda 
amal qilib turgan barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi.
Narxlar 
tizimida ularning ayrim turlarining iqtisodiy mazmunini qisqacha qarab chiqamiz.
Ulgurji narx – ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta miqdordagi 
tovarlar bir yo‘la ko‘tarasiga sotilganda qo‘llaniladigan narx. 
Ulgurji narx 
ishlab chiqaruvchilar va ta’minlash-sotish tashkilotlari xarajatlarini qoplashi 
hamda ularning ma’lum miqdorda foyda ko‘rishini ta’minlashi zarur. Ulgurji narx 
tovar birjalari va savdo uylarida ham qo‘llaniladi. 
Shartnoma narx – sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, 
ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx. 
Shartnoma narx 
odatda shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda o‘zgarmaydi. Mazkur narx ham 
milliy, ham xalqaro bozorlarda qo‘llaniladi. U xalqaro bozorda qo‘llanilganda 
tovar (xizmat)larning jahon narxlariga yaqin turadi. 
Chakana narx – tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladigan narx.
Chakana narxga tovarning ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining xarajatlari 
va ularning oladigan foydasi kiradi. Chakana narx tovarlarga bo‘lgan talab va 
taklifni bog‘lovchi rolini o‘ynaydi hamda ularning nisbatiga qarab yuqori yoki past 
bo‘lishi mumkin. 


273 
Davlatning narxlarni tartibga solish faoliyati chegaralangan (limitlangan) va 
dotatsiyalangan narxlarni vujudga keltiradi. 
Chegaralangan narx –
davlat 
tomonidan yuqori va quyi chegaralari belgilanib, shu doirada o‘zgarishi 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin