narx o‘zida faqatgina qiymat yoki naflilikning birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma’lum miqdorini pul ko‘rinishida ifoda etadi. Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda
ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo‘lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida
sotuvchining manfaati, nafliligi (iste’mol qiymati) tomonida esa xaridorning
manfaati yotadi. Tovar egasi tovar ishlab chiqarish sarflarini qoplab, ma’lum
darajada, iloji boricha ko‘proq foyda olishni ta’minlashi mumkin bo‘lgan qiymatni
pul shaklida o‘zlashtirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarflayotgan pulining har
bir birligiga ko‘proq naflilik (iste’mol qiymati) olishga harakat qiladi. Ularning
manfaatlari to‘g‘ri kelgan nuqtada, darajada narx o‘rnatilib, tovar-pul almashuvi,
oldi-sotdi sodir bo‘ladi. Bu holatni yaxshiroq tasavvur qilish uchun quyidagi 9.1-
rasmga e’tiborni jalb etamiz.
Bu rasmdan tovarning narxi ma’lum bir iqtisodiy jarayonni ifoda etuvchi
mustaqil ilmiy tushuncha ekanligi, tovarning ikki xususiyatiga asoslanishini, ular
bilan chambarchas bog‘liqlikda o‘zgarishini ko‘rish mumkin.
268
9.1-rasm. Narx tovardagi ikki xil xususiyatlarning puldagi ifodasi Undan tashqari, hozirgacha iqtisodiy fanlarda real hayotda turli-tuman
tovarlar va xizmatlar nafliligini, ularning o‘zgarishini bir ko‘rsatkichga keltirib
hisoblashning pul ko‘rinishidan boshqa o‘lchami topilgan emas. Naflilikning
marjinalistlar tomonidan kiritilgan shartli o‘lchami – yutil (inglizcha utility –
naflilik) ham turli tovarlar nafliligi hisobini olib borishga qodir emas. Bulardan
xulosa qilib aytish mumkinki,
narx – real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir. Bu yerda shuni yana bir bor ta’kidlash joizki, narxda alohida olingan ishlab
chiqaruvchilarning individual sarflari emas yoki alohida olingan individual
shaxslarning psixologik jihatdan naflilikka bergan bahosi ham emas, balki jamiyat
tomonidan tan olingan ijtimoiy sarflar va jamiyat uchun zarur bo‘lgan miqdorda va
sifatda yaratilgan va tan olingan ijtimoiy naflilik (iste’mol qiymat) o‘z ifodasini
topadi. Tovarlar va xizmatlar uchun qilingan ijtimoiy sarflarning asosli ravishda
o‘sishi yoki tovar va xizmatdagi sifat ko‘rsatkichlarining o‘sishi ushbu tovar
narxining oshishiga olib keladi. Masalan, avtomobil dvigatelida ot kuchining
oshishi, saloni, boshqaruv tizimi va tezligida bo‘lgan o‘zgarishlar uning narxi
oshishiga sabab bo‘ladi. Chunki shu o‘zgarishlar bilan bir vaqtda unga sarflangan
xarajatlar ham oshgan bo‘ladi. Bunday ikki tomonlama o‘zgarishlar natijasida
narxlarning o‘zgarishi hamma tovarlar va xizmatlarga xosdir. Narx tovar va
xizmatlardagi ikki xususiyatning puldagi ifodasi sifatida, ularning o‘zgarishi
natijasida o‘zgaradi. Shuning uchun real hayotda turli tovarlar va xizmatlardagi
Nafliligi
(istе'mol qiymati)
Ijtimoiy nafliligi
Ijtimoiy naflilikning
puldagi ifodasi
Ijtimoiy zaruriy sarflar
(mеhnat va moddiy)
Tovar
Narxi
Qiymati
Ijtimoiy qiymati
Ijtimoiy qiymatning
puldagi ifodasi
269
ikki xil xususiyat o‘zgarishlari ularning hajmini hisoblashda ikki xil narxda
hisobga olinadi (9.2-rasm).