264
4.
Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatning farqini tushuntirib bering.
5.
Halol va g‘irrom raqobatlashuv usullariga nimalar kiradi?
6.
Raqobatlashuvning demping narxlarni qo‘llash
usuli qanday sharoitlarda
amalga oshiriladi?
7.
Monopoliya nima va uning vujudga kelishining iqtisodiy asoslari
nimalardan iborat? Monopoliyaning qanday turlari mavjud?
8.
Kapitalning to‘planishi va markazlashuvi o‘rtasida qanday farq bor?
9.
Tabiiy, legal va sun’iy monopoliyalarning bir-biridan farqlanishini
ko‘rsating.
10.
Monopoliyaning ijobiy va salbiy tomonlari nimalarda namoyon bo‘ladi?
11.
Monopoliyaga qarshi siyosat va monopoliyaga
qarshi qonunchilikning
mohiyati qanday?
12.
Raqobat muhitining shakllanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
13.
O‘zbekistonda raqobatni qo‘llab-quvvatlovchi va monopoliyaga qarshi
kurashuvchi qanday tashkilotlar mavjud?
265
9-bob. NARXNING MOHIYATI VA SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI
Narx bevosita tovarning qiymati va nafliligi bilan bog‘liq bo‘lsada, o‘zi
mustaqil amal qiladigan iqtisodiy
kategoriya hisoblanib, bozor mexanizmining
muhim tarkibiy unsurlaridan biridir. U o‘zining vazifalari orqali barqaror
iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining
ta’minlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot
turli tarmoq va sohalari, xo‘jalik
yurituvchi subyektlari bo‘yicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan
himoya qilinishiga sharoit yaratadi.
Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni
rag‘batlantirib, sog‘lom raqobat muhitining yaratilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Davlat tomonidan 37 turdagi mahsulot va
xizmatlar narxining tartibga solinayotgani erkin raqobatga salbiy ta’sir qilmoqda.
Shuni
hisobga olib, endi asosiy e’tiborni narxlarni belgilashga emas, balki
korxonalar o‘rtasida sog‘lom raqobatni ta’minlash orqali narxlarni pasaytirishga va
sifatni oshirishga qaratishimiz kerak”
1
.
Ushbu bobda narxning iqtisodiy
mazmuni va vazifalari, shakllanish
tamoyillari, narx darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, narx turlari batafsil bayon
etiladi. Shuningdek, turli darajadagi raqobat sharoitida
narxning shakllanish
xususiyatlari, davlatning narx siyosati va uning O‘zbekistondagi o‘ziga xos
jihatlari ham ko‘rib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: