261
olingan firmaning bozor sharoitida erkin harakat qilishga erishishida asosiy omil
bo‘lib xizmat qiladi.
4.
Monopoliyani tartibga solish – miqdoran hisoblash imkoniyati kam
bo‘lgan juda murakkab jarayondir. O‘zbekistonda davlatning monopoliyaga qarshi
chora-tadbirlari nafaqat monopoliyani cheklash, balki monopoliyadan chiqarish
jarayoni bilan uzviy ravishda olib borilmoqda. Juda ko‘plab tarmoqlarda xukmron
mavqega ega bo‘lgan korxonalar (ular yagona korxona-tarmoq sifatida ish
yuritishar edi) xususiylashtirilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi va natijada
tarmoqda raqobat muhiti shakllantirildi.
5.
Davlatning monopoliyaga qarshi qonunchiligi raqobatlashuvchi subyektlar
ishchanligini susaytirmaydigan darajada etarlicha moslashuvchan bo‘lishi darkor.
Dostları ilə paylaş: