Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

ta’sir etuvchi
omillarni
bilish muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari bo‘lib, qiymat yoki 
ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif 
nisbati; raqobat holati; davlatning iqtisodiy siyosati va h.k. hisoblanadi. Bu omillar 
ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo‘lib xizmat qiladi 
(9.3-rasm). 
Boshqa omillar esa narxning ijtimoiy qiymat bilan ijtimoiy naflilik miqdori 
atrofida goh birinchisining, goh ikkinchisining foydasiga tebranishiga sabab bo‘ladi. 
Masalan, talab va taklif nisbatini olaylik. Agar tovarlarning ayrim turiga talab taklifga 
nisbatan baland bo‘lsa, ijtimoiy qiymat o‘zgarmagan holda narxning darajasi nisbatan 
yuqori bo‘ladi, yoki aksincha taklif talabga nisbatan ko‘proq bo‘lsa, ijtimoiy qiymat 
o‘zgarmagan holda narxning darajasi unga nisbatan past bo‘ladi. 
9.3-rasm. Narx darajasiga ta’sir qiluvchi omillar 
Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha chop etilayotgan ko‘plab darslik 
va o‘quv qo‘llanmalarda narx darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar qatorida pulning 
qadr-qimmati e’tibordan chetda qolmoqda. Holbuki, pulning qadr-qimmatining 
o‘zgarishi ham narx darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu, ayniqsa, milliy valyutani 
Tovar ishlab chiqarishning 
ijtimoiy zaruriy sarflari 
(qiymat) 
Raqobat kurashlari 
Talab va taklif nisbatlari 
Turli xil soliqlar
Davlatning iqtisodiy siyosati 
Tovar yoki xizmatning 
nafliligi 
NARX
Pulning qadr-qimmati 


272 
chet el valyutalariga ayirboshlash nisbatining o‘zgarishi orqali yaqqolroq namoyon 
bo‘ladi. Masalan, 1 AQSh dollari 1300 so‘mga teng bo‘lgan chog‘da 10 dollar 
turuvchi qandaydir tovarning narxi 13000 so‘m bo‘ladi. Agar so‘mning qadri oshib, 1 
dollar 1000 so‘mga tenglashsa, u holda shu tovarning narxi 13000 so‘m emas, balki 
10000 so‘m bo‘ladi. Narx darajasiga boshqa omillarning ta’siri masalasiga alohida 
to‘xtalmasa ham bo‘ladi. Chunki soliq miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, narx darajasi 
shuncha yuqori bo‘lishi hammaga ayondir. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin