9.2-rasm. Tovardagi ikki xil xususiyatni ifodalovchi narxlarning mahsulot hajmini hisoblashda qo‘llanishi Narxning iqtisodiy mazmuni uning vazifalari ko‘rib chiqilganda yanada
yaqqol namoyon bo‘ladi. Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
1.
Muvozanatlikni ta’minlash vazifasi. Bunda narx bozorda talab va
taklifning hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi.
Bozor narxi – bu muvozanatlashgan narx bo‘lib, u birinchidan, tovarlarning sotilishini ta’minlaydi, ikkinchidan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga keltirmaydi. 2.
Qiymat va naflilikni o‘lchash vazifasi. Narx qiymat va naflilikning
puldagi ifodasi deb aytamiz, chunki qilingan sarf-xarajatlar va olingan natijalar
(foyda yoki zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning
natijalarining natural ko‘rsatkichlari ham mavjud (tonna, kg, m
2
, kvt-soat va
hokazo). Bu ko‘rsatkichlarni shu holicha taqqoslab, umumiy ko‘rsatkichga keltirib
bo‘lmaydi. Barcha natural ko‘rsatkichlarning umumiy o‘lchovi ularning pulda
ifodalangan narxidir. Hisob-kitob uchun joriy va qiyosiy narxlar qo‘llaniladi.
Joriy narxlar amaldagi narxlar bo‘lib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda ma’lum yil (bazis yil) asos Ijtimoiy nafliligi
O‘zgarmas yoki qiyosiy
narxlarda
Rеal mahsulot, yaratilgan
tovar va xizmatlarning
o‘zgarmas bahodagi summasi
summasi
Yaratilgan tovar va
xizmatlar
Yaratilgan tovar va xizmatlar
qiymatini hisoblash
Tovar va xizmatlarning
puldagi ifodasi
Ijtimoiy qiymati
Joriy, ya'ni o‘zgaruvchi
narxlarda
Nominal mahsulot, ya'ni tovar
va xizmatlarning joriy
narxdagi qiymati