Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi. 
Oligopoliya sharoitida 
narxning shakllanishi tarmoqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
qo‘llaniluvchi «ergashish» hamda «inkor etish» xatti-harakatlari orqali izohlanadi. 
«Ergashish»
holatida bir oligopolist tomonidan narx bo‘yicha qilingan 
o‘zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan 
ham ergashish, ya’ni shunday o‘zgarishlar qilish kuzatiladi. Odatda, bozorda o‘z 
tovarlariga narxni pasaytirish orqali iste’molchilari soni hamda sotish hajmini 
oshirishga qaror qilgan oligopolist xatti-harkatiga javoban qolgan oligopolistlar 
ham narxlarni pasaytiradilar. Natijada narxning umumiy pasayishi ro‘y berib, 
bozordagi ulush oldingi holda qoladi, ya’ni oligopolistning xatti-harakati samara 
bermaydi.
«Inkor etish»
holatida bir oligopolist tomonidan narx bo‘yicha qilingan 
o‘zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq so‘zi 
gazеtasi, 2017 yil 23 dеkabr. 


281 
inkor etish, ya’ni hech qanday javob o‘zgarishlari qilmaslik kuzatiladi. Ko‘pincha 
bunday holat oligopolist tomonidan o‘z tovariga narxni oshirgan chog‘ida ro‘y 
beradi, ya’ni qolgan oligopolistlar tovarlari narxlarini oshirmaydilar. Natijada 
narxni oshirgan oligopolist o‘z iste’molchilarini yo‘qotib, bozordan siqib 
chiqariladi. Yuqorida bayon etilgan holatlar natijasida oligopolist firmaning talab 
egri chizig‘i «siniq egri chiziq» ko‘rinishini oladi (9.6-rasm). Bunday holatni 
birinchi bo‘lib XX asrning 40-yillarida amerikalik iqtisodchi P.Suizi tavsiflab 
bergan. 

D
1

D

P

R
0
E
R

S D

D

0 Q

Q
2
Q
0
Q

Q

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin