Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-rasm. Talab bo‘yicha narx egri chizig‘i



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

9.5-rasm. Talab bo‘yicha narx egri chizig‘i 
Monopsonist o‘zi uchun zarur bo‘lgan tovarni, masalan qishloq xo‘jaligi 
xomashyosini oldindan past narxlarda sotib olib, uning katta miqdordagi zaxirasini 
tayyorlab qo‘yadi. Bu esa unga yangi hosilning yig‘im-terimi davrida o‘zi sotib 
olayotgan xomashyoga monopol past narxlarni o‘rnatish imkonini beradi. Bunday 
past narxlarda monopsonist juda katta foyda oladi. Sun’iy ravishda sotilayotgan 
mahsulot ortiqchaligi hududining vujudga keltirilishi xarid narxlarining navbatdagi 
pasayishiga olib kelib, natijada monopsonistning foydasi oshib boradi. Bunga 
g‘arb mamlakatlari monopsoniyalari tomonidan ancha vaqtdan buyon Osiyo
Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari tadbirkorlari va mayda tovar ishlab 
chiqaruvchilaridan sotib olinayotgan arzon xomashyoni misol tariqasida keltirish 
mumkin. Afrikadan an’anaviy tarzda eksport qilinuvchi bir qator tovarlar (choy, 
kofe, kakao va h.k.) ga ham azaldan o‘ta past narxlar o‘rnatib kelinadi.
Bir vaqtning o‘zida monopoliya va monopsoniya hisoblanuvchi firma 
o‘zining daromadini «narxlar qaychisi» usuli orqali ahamiyatli darajada oshiradi. 









10 


280 
Bunda monopol yuqori va monopol past narxlardan foydalanilib, ular o‘rtasidagi 
farq xuddi qaychining ikkita kesuvchi tomoni bir-biridan uzoqlashgandagi singari 
kattalashib boradi. Narxlarning bunday harakati tovarlar ortiqchaligi va taqchilligi 
hududlarining kengayishiga asoslanadi. U sanoatning ko‘plab qayta ishlovchi 
korxonalari uchun xosdir. Bu korxonalar o‘zlarining tayyor mahsulotlariga 
undirma sanoat tarmoqlarida o‘rnatilgan narxlarga nisbatan bir necha marta yuqori 
narx o‘rnatadilar.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga ko‘ra, “Ba’zi bir 
korxonalarga imtiyozlar berish orqali o‘zimiz erkin raqobat muhitini bo‘g‘ib, 
narxlarning barqaror bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqdamiz.
Endi biz bunday amaliyotdan voz kechamiz. Bu masalada hammaga teng 
sharoit yaratiladi. Imtiyozlar ayrim korxonalarga emas, balki alohida ishlab 
chiqarish va xizmat turlarini rag‘batlantirish maqsadida beriladi. Imtiyozni ro‘kach 
qilib, eng muhim faoliyat turlarini to‘la monopoliya qilib olishga mutlaqo yo‘l 
qo‘yilmaydi”
1


Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin