Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

9.3-rasm.
 
Mukammal raqobatli bozor sharoitida narxning shakllanishi 
Rasmdan ko‘rinadiki, faqat narxning R
E
darajasidagi talab miqdoriga ishlab 
chiqaruvchilar tomonidan taklif miqdori muvofiq keladi. Narxning bu darajadan 
1
Маршалл А. Принципы экономической науки. В 3 т. М.: Издательство “Прогресс”, 1993. Т.III. С.282.


277 
har qanday pasayishi talabning taklifdan oshib ketishini, narxning bu darajadan har 
qanday yuqori bo‘lishi esa, taklifning talabdan oshib ketishini keltirib chiqaradi. 
Narxning R
A
darajasidagi holat uzoq vaqt mavjud bo‘la olmaydi. Chunki, 
tovarlarning sotilmay, to‘planib qolishi bilan sotuvchilar o‘rtasidagi raqobat 
kuchayib, ular o‘z tovarlarini tezroq sotish maqsadida narxni tushira boshlaydilar. 
Narxning R
V
darajasidagi holat ham barqaror turmaydi. Chunki, bu holatda 
talab taklifdan oshib ketib, tovarlar taqchilligi boshlanadi. Taqchil tovarga ega 
bo‘lish uchun bir-biri bilan raqobatga kirishgan xaridorlar uning narxini oshira 
boshlaydilar. 
Bozordagi yagona muvozanatlashgan, nisbatan uzoq vaqt barqaror amal 
qiluvchi narx sifatida talab hajmi taklif hajmiga muvofiq kelgan holdagi narx R
E
maydonga tushadi. Raqobatlashuv asosida paydo bo‘lgan muvozanat doimo talab 
va taklif egri chiziqlarining kesishuv nuqtasida joylashadi. Muvozanat narxi har 
doim ham darhol, bir zumda tarkib topmaydi. Unga erishishda toki talab va taklif 
muvozanatga kelgunga qadar narx atrofidagi tebranishlarni o‘z ichiga oluvchi 
ma’lum davrlar taqozo etilishi mumkin. 
Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi. 
Monopoliya sharoitida narx 
shakllanishining o‘ziga xos jihati shundaki, agar mayda tovar ishlab chiqaruvchilar 
faqat o‘zlarining individual narxlarini o‘zgartira olsalar, ulardan farqli o‘laroq 
bozor ishtirokchilari sifatidagi monopoliyalar bozor narxlarini o‘zlari belgilay 
oladilar. Bunda monopoliyalar ommaviy talabning oshishi bilan narxning oshishi 
hamda ommaviy taklifning oshishi bilan narxning pasayib borishidan o‘ziga xos 
tarzda foydalanadilar. Ommaviy tartibda tovarlarni sotuvchi monopoliyalar o‘z 
manfaatlari yo‘lida taklif kam bo‘lganda narxning oshishi tendensiyasidan 
foydalanadilar. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin