Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Aksiyalarning nazorat paketi – aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Aksiyalarning nazorat paketi – aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan 
nazorat o‘rnatishni ta’minlash imkonini beruvchi aksiyalar soni. 
Nazariy 
jihatdan olinganda, aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat olib borish 
uchun ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyalarning 51 foiziga egalik qilish 
zarur. Amalda esa, aksiyalarning ko‘plab aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanib 
ketganligi u qadar yuqori salmoqqa ega bo‘lmagan aksiyalar sonini qo‘lga kiritish 
orqali ham nazorat paketiga egalik qilish imkonini beradi.
Aksiyadorlik jamiyatlari aksiya bilan birga obligatsiya ham chiqaradi. 
Obligatsiya – sotib olishga sarflangan mablag‘ni kelgusida qat’iy 
belgilangan foizi bilan qaytarish majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘oz 
shakli. 
U egasining jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo‘yganligini 
tasdiqlaydi. Obligatsiya aksiyadorlik jamiyati moliyaviy mablag‘larini ko‘paytirish 
uchun chiqariladi. Aksiya egasi korxona mulkdori, obligatsiya egasi esa uning 
kreditori hisoblanadi. Undan tashqari, obligatsiya aksiyadan farq qilib, o‘z egasiga 


300 
yillik kafolatlangan daromad keltiradi, ammo aksiyadorlik jamiyati ishlarini hal 
qilishda ovoz berish huquqini bermaydi. Obligatsiyalar bo‘yicha to‘lanadigan 
daromad odatdagi ssuda foizi miqdoridan ortiq bo‘lmaydi. Uning qiymati 
aksiyadorlik jamiyati tomonidan ma’lum muddat o‘tgandan so‘ng to‘lanadi. 
Aksiyaga qo‘yilgan mablag‘ obligatsiyaga joylashtirilgandan farq qilib, aksiyador 
talabi bo‘yicha qaytarilishi mumkin emas va faqat sotish orqali qoplanadi. 
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy tizimlari 
sifatida
 
marketing va menejment katta ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ham 
mamlakatimizda korxonalarni korporativ boshqarish bo‘yicha ilg‘or xalqaro 
tajribani o‘rganish asosida aksiyadorlik jamiyatlarining yangi namunaviy tuzilmasi 
ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Shu tariqa, zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi 
talablarini inobatga olgan holda, Lavozim va kasblarning yangi klassifikatori 
ishlab chiqildi va tasdiqlandi, unga bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan 
566 ta yangi toifa kiritildi
1


Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin