296
cheklangan
shirkatlar
shaklidagi
korxonalar.
Aralash
kompaniyalar
aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonun asosida ish yuritadi va yuridik shaxs
hisoblanadi, xo‘jalik faoliyatida xususiy firmalar bilan barobar tijorat asosida
qatnashadi. Shu bilan birga, ular xususiy firmalarga nisbatan ma’lum imtiyozlardan
foydalanadi. Bu imtiyozlarga davlat tomonidan moliyaviy yordam va dotatsiyalar
berish, chet el litsenziyalarini engil shartlar bilan olish, boshqa davlat
korxonalaridan xomashyo va yarim fabrikatlarni qat’iy belgilangan narxlarda olish,
ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun bozor bilan ta’minlanganlik va shu
kabilar.
Kooperativ tadbirkorlik – jamoa mulkiga asoslanib, kooperatsiya
a’zolarining o‘z mehnati bilan korxona faoliyatida ishtirok etishini taqozo
etuvchi jamoa tadbirkorligining alohida shakli.
Kooperativ mulkchilikka
asoslangan tadbirkorlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: ishlovchilarning
ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita qo‘shilishi (xususiy mulkchilikda bunday
qo‘shilishda mulkdor, davlat mulkchiligida esa davlat vositachi hisoblanadi);
kooperatsiya a’zolarining ishlab chiqarish vositalaridan keng foydalana olishi;
ularning iqtisodiy jihatdan teng huquqqa egaligi; jamoaning o‘zini o‘zi
boshqarishni amalga oshirishi; jamoa va shaxsiy manfaatlar uyg‘unligining yuzaga
kelishi va h.k.
Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy
tashabbus asosida tashkil qilinadi.
Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab
chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil
qilish yollanma mehnatga asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: