Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Aralash kompaniyalar
– davlat va xususiy mulk egalarining aksiyalarini 
birlashtirish asosida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari va majburiyatlari 


296 
cheklangan 
shirkatlar 
shaklidagi 
korxonalar.
Aralash 
kompaniyalar 
aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonun asosida ish yuritadi va yuridik shaxs 
hisoblanadi, xo‘jalik faoliyatida xususiy firmalar bilan barobar tijorat asosida 
qatnashadi. Shu bilan birga, ular xususiy firmalarga nisbatan ma’lum imtiyozlardan 
foydalanadi. Bu imtiyozlarga davlat tomonidan moliyaviy yordam va dotatsiyalar 
berish, chet el litsenziyalarini engil shartlar bilan olish, boshqa davlat 
korxonalaridan xomashyo va yarim fabrikatlarni qat’iy belgilangan narxlarda olish, 
ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun bozor bilan ta’minlanganlik va shu 
kabilar. 
Kooperativ tadbirkorlik – jamoa mulkiga asoslanib, kooperatsiya 
a’zolarining o‘z mehnati bilan korxona faoliyatida ishtirok etishini taqozo 
etuvchi jamoa tadbirkorligining alohida shakli.
Kooperativ mulkchilikka 
asoslangan tadbirkorlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: ishlovchilarning 
ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita qo‘shilishi (xususiy mulkchilikda bunday 
qo‘shilishda mulkdor, davlat mulkchiligida esa davlat vositachi hisoblanadi); 
kooperatsiya a’zolarining ishlab chiqarish vositalaridan keng foydalana olishi; 
ularning iqtisodiy jihatdan teng huquqqa egaligi; jamoaning o‘zini o‘zi 
boshqarishni amalga oshirishi; jamoa va shaxsiy manfaatlar uyg‘unligining yuzaga 
kelishi va h.k. 
Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy 
tashabbus asosida tashkil qilinadi.
Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab 
chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil 
qilish yollanma mehnatga asoslanadi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin