Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarilgan
mahsulot va olingan daromadga mulkchilik huquqiga ega bo‘lishi kerak.
Tadbirkorlik faoliyati mulkdorning o‘zi tomonidan ham, uning mol-mulki asosida
ish yurituvchi subyekt tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Uchinchidan, xo‘jalik yuritish yo‘lini erkin tanlash, daromadni
investitsiyalash imkoniyati va shu kabilarni real ta’minlaydigan ma’lum iqtisodiy
muhit va ijtimoiy-siyosiy sharoit yaratishi zarur.
To‘rtinchidan, tadbirkorlik mulkchilik va o‘zlashtirish turli-tuman shakllari
va turlarining mavjudligini taqozo qiladi. O‘z navbatida mulkchilik va o‘zlashtirish
sohalaridagi turli-tumanlilikning o‘zi obyektiv hodisa bo‘lib, ishlab chiqaruvchi
kuchlarning rivojlanishi oqibati sifatida maydonga chiqadi.
Beshinchidan , yetarli moliyaviy manbalarga, yaxshi ma’lumot va malakali
tayyorgarlikka ega bo‘lish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq bo‘yicha imtiyozlar,
tadbirkorlik muhiti va uni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjud
bo‘lishi tadbirkorlikni rivojlantirishning navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi.
Yuqorida qayd qilingan barcha shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan davlatlarda
tadbirkorlik yaxshi rivojlanadi, aks holda faoliyatning bu turi xufyona iqtisodiyot
sohasiga o‘tib ketishi ehtimoli ham yuqori bo‘ladi.
Mana shu holatlarni e’tiborga olib mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev –
“
Tadbirkorlikni keng rivojlantirish va bu soha uchun yangi sharoitlar yaratishga
barcha imkoniyatlarimizni safarbar etyapmiz. “Har bir oila – tadbirkor” dasturi
doirasida o‘z biznesini boshlayotgan oilalarga 5,9 trillion so‘m kreditlar ajratildi
”
1
.
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq so‘zi
gazеtasi, 2020 yil 24 yanvar