Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Yakka tartibdagi tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Yakka tartibdagi tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab 
chiqarishni tashkil qilish o‘zi yoki oila a’zolari mehnati asosida amalga 
oshiriladi.
Shaxsiy korxona egasi uning menejeri ham hisoblanib, korxonaning 
barcha majburiyatlari uchun shaxsiy javobgar bo‘ladi. Xo‘jalik huquqi nuqtai 
nazaridan yakka tartibdagi tadbirkorlik huquqiy shaxs hisoblanmaydi, shu sababli 
uning egasi cheklanmagan mas’uliyatga ega bo‘lib, faqat fuqarolardan olinadigan 
daromad solig‘ini to‘laydi. Bu odatda kichik magazin, xizmat ko‘rsatish sohasidagi 


297 
korxonalar, dehqon xo‘jaliklari, shuningdek, huquqshunos, vrach, advokat kabi 
turli malakali mutaxassislar xizmati ko‘rinishida tashkil qilingan tadbirkorlikdir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning 
muhim shakllaridan biri aksiyadorlik jamiyatlaridir. Bozor iqtisodiyoti rivojlanib 
borgan sari yirik ishlarni bajarishga alohida olingan kapital egalari – 
tadbirkorlarning imkoniyati etishmaydi. Shuning uchun ular katta ishlarni yirik 
korxonalar yo‘llar qurish va boshqalarni amalga oshirish uchun o‘z kapitallarini 
birlashtirishga majbur bo‘ladilar. Buning natijasida aksiyadorlik jamiyatlari kelib 
chiqadi. 
Yirik ishlarni amalga oshirib, katta foyda olish maqsadida bir nechta kapital 
egalari tadbirkorlar o‘zlarining moddiy (ishlab chiqarish vositalari) va pul 
mablag‘larini birlashtirib ittifoq (jamiyat) tuzadilar. Ular iqtisodiy adabiyotlarda 
aksiyadorlik jamiyati deb yuritiladi. 
Aksiyadorlik jamiyati – yiriq kapital 
egalarining qo‘shgan qapitallari hissasi (payi) asosida tashkil topadigan 
hissadorlik jamiyatidir. 
Aksiyadorlik jamiyatining dastlabki kapitali – 
ta’sischilar qo‘shgan kapital yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Aksiyadorlar jamiyati 
kapitalining keyingi ko‘payish manbai aksiya qog‘ozlari chiqarib xohlagan 
odamga sotishdan kelib tushgan mablag‘g‘lardir. Shunga ko‘ra, aksiya chiqarish va 
uni erkin sotish aksiyadorlik munosabatlarining muhim tomonlaridan birini tashkil 
qiladi. 
Aksiyadorlik jamiyatining tashkil topishi ta’sischilik foydasi kabi daromad 
turining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin