299
%
100
s
F
D
АК
,
bu yerda: AK – aksiya kursi; D – dividend; F
s
– ssuda foizi.
Ssuda foizi o‘sganda aksiya kursi tushadi. Agar dividend ssuda foiziga qaraganda
yuqori darajada o‘ssa, aksiya kursi ko‘tariladi.
Aksiyadorlik korxonasida ta’sischilik foydasi bilan bir qatorda dividend kabi
daromad turi shakllanadi.
Dividend
(lotincha dividendus - bo‘lishga tegishli) – aksiya egalariga
to‘lanadigan daromad.
Dividend vositasida aksiya egasi qimmatli qog‘ozning shu
turiga qo‘yilgan pul mablag‘lari (kapital) ning tegishli qismiga o‘zining mulkchilik
huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqaradi. Dividend orqali faqat aksiyadorlik
jamiyati olgan foydaning bir qismi taqsimlanadi. Uning boshqa qismi
jamg‘arishga, soliq to‘lashga va shu kabilarga ketadi. Dividend miqdori olinadigan
foyda va chiqarilgan aksiya miqdoriga bog‘liq va hamda odatda ssuda foizidan
yuqori bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: