Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Ishbay-progressiv haq to‘lash tizimida



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə281/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ishbay-progressiv haq to‘lash tizimida
ishchining belgilab qo‘yilgan me’yor 
doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif 
bo‘yicha ish haqi beriladi, me’yordan yuqorisiga esa oshirilgan haq (tarif) bo‘yicha 
pul to‘lanadi. Ishbay ish haqi tizimida yakka tartibdagi, jamoa va ijara pudratida 
qo‘llaniladigan mehnatga haq to‘lash farqlanadi. Bunda olingan tayyor mahsulot 
uchun uning sifati va ishlab chiqarish chiqimlarini hisobga olib haq to‘lanadi. Haq 
to‘lashning jamoa shaklida ish haqi brigada, sex va boshqa bo‘linmaning pirovard 
mehnat natijalariga bog‘liq qilib qo‘yiladi. Bunda har bir xodim faqat o‘ziga 
berilgan shaxsiy topshiriqlargagina emas, balki shu bilan birga bo‘linmaning butun 
ish hajmini ham bajarishdan manfaatdor bo‘ladi. 
Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi 
yordamida amalga oshiriladi. 
Tarif tizimi
– tarmoqlar va mamlakat mintaqasi 
bo‘yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar 
malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi 
darajasini tartibga solib turuvchi me’yorlar majmui.
Tarif tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
- tarif-malaka ma’lumotnomalari; 
- tarif stavkalari; 
- tarif setkalari;
- ish haqiga nisbatan qo‘llaniluvchi turli koeffitsientlar. 


363 
Tarif-malaka ma’lumotnomalari
ayrim kasblar va mehnat turlarining 
batafsil tavsifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va ko‘nikmalariga 
qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘lib, ularda muayyan ishni tariflash uchun 
qo‘yiladigan razryadlar ham ko‘rsatiladi.
Tarif setkasida
razryadlardan tashqari tarif koeffitsientlari ham bo‘lib, ular 
birinchi razryadli ishchiga haq to‘lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga 
haq to‘lashning o‘zaro nisbatini ko‘rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffitsienti 
hamma vaqt birga teng bo‘ladi). 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin