360
Real ish haqi darajasiga tovarlar va xizmatlar narxidan tashqari belgilangan
soliqlar miqdori va boshqa turli sharoitlar ham ta’sir qiladi. Masalan, soliq turlari
va miqdori qancha ko‘p bo‘lsa real ish haqi shuncha pasayadi, yoki aksincha.
Nominal ish haqi ishchining ishlab topgan pul daromadi darajasini, real ish
haqi esa uning iste’moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi.
Ish haqi aholi daromadlarining asosiy tarkibiy qismlaridan birini tashkil qilib,
u istiqbolda ham o‘zining yetakchi rolini saqlab qoladi.
Mamlakatimizda ish haqi darajasining oshib borishi hisobiga ishlayotgan har
bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ish haqi darajasi ham oshib bormoqda (12.1-
jadval). Bu esa aholi daromadlarining yildan yilga oshib borayotganligidan dalolat
beradi.
Dostları ilə paylaş: