Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirish



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə286/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

1.
Ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirish.
Kasaba uyushmalar nuqtai 
nazaridan ish haqini oshirishning eng qulay usuli ishchi kuchiga bo‘lgan talabni 
kengaytirish hisoblanadi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talabning ortishi natijasida ish 
haqi stavkasi ham, ishchi o‘rinlari soni ham ortadi. Kasaba uyushmalari bu talabni 
belgilovchi bir yoki bir necha omillarni o‘zgartirish yo‘li bilan ishchi kuchiga 
bo‘lgan talabni ko‘paytirishlari mumkin. Xususan, ular quyidagilarga erishishga 
harakat qiladilar: 1) ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko‘rsatiladigan xizmatga 
talabni oshirish; 2) mehnat unumdorligini oshirish; 3) ishchi kuchi bilan birgalikda 
foydalanadigan boshqa ishlab chiqarish omillari narxlarini o‘zgartirish. 


368 
2.
Ishchi kuchi taklifini qisqartirish.
Kasaba uyushmalari ishchi kuchi 
taklifini qisqartirish yo‘li bilan ish haqi stavkasini oshirishlari mumkin. Bunga 
quyidagi yo‘llar bilan erishiladi: a) immigratsiyani cheklash; b) bolalar mehnatini 
qisqartirish; v) pensiyaga muddatida chiqishni qo‘llab-quvvatlash; g) ish haftasini 
qisqartirishga yordam berish. 
Bulardan tashqari kasaba uyushmalari tadbirkorlarni o‘z a’zolarini ishga 
yollashga majbur qilib, ishchi kuchi taklifi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatadi. Kasaba 
uyushmalari o‘z a’zolari sonini qisqartirish siyosati orqali (masalan, uzoq muddatli 
o‘qitish, yangi a’zolarni qabul qilishni cheklash yoki taqiqlash) ishchi kuchi 
taklifini sun’iy ravishda qisqartiradi. Bu, o‘z navbatida, ish haqi stavkasining 
ortishiga olib keladi. 
3. Kasb bo‘yicha malaka darajasini litsenziyalash.
Bu ma’lum mehnat turi 
taklifini cheklash vositasi hisoblanadi. Bunda kasaba uyushmalari korxona 
ma’muriyatiga ma’lum kasbdagi ishchilar aniq ko‘rsatilgan talablarga javob bergan 
taqdirda ishga qabul qilishga ta’sir ko‘rsatadi. Bu talablar o‘z ichiga ishchining 
ta’lim darajasi, mutaxassislik bo‘yicha ish staji, imtihon natijasi va shaxsiy 
tavsiflarini oladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin