Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Kasaba uyushmalari jamoa shartnomalari tuzishda monopol holatga



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə287/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

4. Kasaba uyushmalari jamoa shartnomalari tuzishda monopol holatga 
ega bo‘lgan tadbirkorlarga qarshilik ko‘rsatish yo‘li bilan ham ish haqi 
stavkasini oshirishga erishishi mumkin.
Buning natijasida ish haqini oshirish 
bilan bog‘liq qo‘shimcha sarflar, yangi ishchi kuchini yollash natijasida olinadigan 
qo‘shimcha mahsulot hajmidan ortiq bo‘ladi. 
Kasaba uyushmalari o‘zlarining iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishlarida 
manfaatlari himoya qilinayotgan mehnatkashlar guruhining kasbiy ixtisosligi 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yopiq (tor) yoki ochiq (keng) turda tashkil 
etilishi mumkin. 
Yopiq turdagi kasaba uyushmalari 
ish haqi darajasini oshirish 
uchun ishchi kuchi taklifini qisqartirishga harakat qiladilar. Bu ko‘proq ma’lum 
kasb egalari, masalan, duradgorlar, g‘isht teruvchilar, elektr payvandchilar 
kabilarni o‘ziga birlashtiruvchi sex kasaba uyushmalari tarzida tashkil etiladi. Sex 
kasaba uyushmalari ish beruvchilarni faqat mazkur kasaba uyushmasiga a’zo 


369 
bo‘lgan ishchilarni yollashga majbur etib, shu orqali ishchi kuchi taklifi ustidan 
nazorat o‘rnatadilar. Zarur holda kasaba uyushmasiga a’zolikni qisqartirish orqali 
ishchi kuchi taklifini sun’iy yo‘l bilan qisqartiradilar. Bunda ular quyidagi 
yo‘llardan foydalanishlari mumkin: 
- o‘qitish, kasbga tayyorlash muddatini cho‘zish; 
- kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lish badallarini oshirish; 
- yangi a’zolarni qabul qilishni cheklash yoki umuman taqiqlash va boshqalar. 
Bu tadbirlar asosida ishchi kuchi taklifini qisqartirish hamda ish haqi 
darajasini oshirish jarayonini quyidagi rasm orqali ko‘rish mumkin (12.1-rasm).
Ish haqi 
darajasi

D S
2
 

S


 

W



Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin