367
ma’muriyati va ishchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga, masalan, ish tashlash
masalalariga tegishli munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ammo ish tashlash
huquqi «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar haqidagi xalqaro pakt»da
mustahkamlangan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar jumlasiga kiradi.
Kasaba uyushmalari faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
ixtiyoriylik;
kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;
mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish;
teng huquqlilik;
oshkoralik va ochiqlik.
Ko‘pchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining
rivojlanishida bosh
masala ishsizlikni ijtimoiy kafolatlashga, ishlovchilarning
mehnat sharoitini
yaxshilash va ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalar hisoblanadi.
Bu muammolarni hal qilishda asosiy rol kasaba uyushmalariga tegishli bo‘ladi.
Aksariyat ishchi kuchi bozorlarida ishchilar o‘zlarining ishchi kuchini kasaba
uyushmalari orqali jamoa bo‘lib «sotadilar». Kasaba uyushmalari nisbatan ko‘p
sonli ishga yollovchilar bilan muzokaralar olib boradi va ularning asosiy iqtisodiy
vazifasi ish haqini oshirishdan iborat bo‘ladi. Kasaba
uyushmalari bu maqsadga
turli xil yo‘llar bilan erishishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: