Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə285/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

munosabatlardir.
“Kasaba uyushmasi
— fuqarolarning o‘z faoliyati yoki o‘qishi turi bo‘yicha 
umumiy kasbiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, ularning mehnatga oid, boshqa 
ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish 
maqsadida tuziladigan, o‘z ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadigan ixtiyoriy jamoat 
birlashmasi”
1
dir.
Ishga yollash bo‘yicha korxona ma’muriyati va ishchilar o‘rtasidagi 
munosabat mehnat shartnomalari yordamida shakllanadi. 
Mehnat shartnomalari 
– korxona ma’muriyati va ishchilar o‘rtasidagi ishga yollash bo‘yicha 
munosabatni namoyon etuvchi va tartibga soluvchi huquqiy xujjat.
Mehnat 
shartnomalari avvalo ish haqi stavkasi, me’yordan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun 
stavka, dam olish kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sog‘liqni saqlashga 
ajratmalar hamda narxlarning o‘zgarishini hisobga olib iste’mol savati qiymatini 
tartibga solish kabi jihatlarni o‘z ichiga oladi. Keyin mehnat sharoiti masalalari 
qarab chiqiladi. Nihoyat, qator tashkiliy masalalar hal qilinadi. Odatda kelishuv bir 
necha yilga (asosan uch yilga) tuziladi. Ayrim hollarda davlat ham korxona 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasining 2019 yil 6 dеkabrdagi “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida” O‘RQ-588-sonli Qonuni 


367 
ma’muriyati va ishchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga, masalan, ish tashlash 
masalalariga tegishli munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ammo ish tashlash 
huquqi «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar haqidagi xalqaro pakt»da 
mustahkamlangan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar jumlasiga kiradi. 
Kasaba uyushmalari faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 

qonuniylik; 

ixtiyoriylik;

kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik; 

mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish; 

teng huquqlilik;

oshkoralik va ochiqlik. 
Ko‘pchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining rivojlanishida bosh 
masala ishsizlikni ijtimoiy kafolatlashga, ishlovchilarning mehnat sharoitini 
yaxshilash va ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalar hisoblanadi. 
Bu muammolarni hal qilishda asosiy rol kasaba uyushmalariga tegishli bo‘ladi. 
Aksariyat ishchi kuchi bozorlarida ishchilar o‘zlarining ishchi kuchini kasaba 
uyushmalari orqali jamoa bo‘lib «sotadilar». Kasaba uyushmalari nisbatan ko‘p 
sonli ishga yollovchilar bilan muzokaralar olib boradi va ularning asosiy iqtisodiy 
vazifasi ish haqini oshirishdan iborat bo‘ladi. Kasaba uyushmalari bu maqsadga 
turli xil yo‘llar bilan erishishi mumkin. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin