377
iste’mol buyumlari tayyorlovchi sanoat tarmoqlariga xomashyo ishlab chiqariladi.
Xalq orasida qadim zamonlardan beri qishloq xo‘jaligi xazinalar sandig‘i hamda
etti xazina degan gaplar yuradi. Etti xazina deganda – sigir, tovuq, o‘rmon, ipak
qurti, asalari juvoz va tegirmonlar ko‘zda tutiladi. Bu xazinalarning har biriga
alohida ta’rif bergan ham dono xalqning o‘zidir. E’tibor bering: chorva – ro‘zg‘or
qassobi va baqqoli. Paranda – ham obi yog‘von, ham dori-darmon. Ipak qurti –
qizlar sepi. O‘rmon – imorat suyagi, hayot tirgagi, musaffo havo manbai. Asalari –
oila tabibi. Objuvoz – qozonning yog‘i. Tegirmon – qorinning belbog‘i.
1
Bu
iboralar ota-bobolarimizning kuzatishlari va tajribalarida sayqal topgan dono
fikrlar bo‘lib, qishloq xo‘jaligining inson hayotidagi doimiy ahamiyatini
ifodalovchi tushunchalardir. Bu qayd etilgan etti xazinaning hammasi qishloq
xo‘jaligida bo‘lib, bu sohaning ahamiyatiga bundan ortiq tarif topish qiyin.
Shuning uchun ham mamlakatimizda bu sohani rivojlantirishga har doim
alohida e’tibor berib kelinmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan «qishloq
xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va
barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini
ko‘paytirishni nazarda tutuvchi sohada davlat ishtirokini kamaytirish va
investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish»
2
lozimligi
ta’kidlanib kelinmoqda. Agrar soha oldida turgan vazifalarni bajarish uchun agrar
sohani va ular bilan bog‘liq bo‘lgan sanoat tarmoqlari, xizmat ko‘rsatish va
infratuzilma sohalarini xorijiy davlatlar tajribasi asosida har tomonlama isloh qilish
asosida rivojlantirish zarurdir. Boshqa sohalar kabi qishloq xo‘jaligida ham kishilar
o‘rtasida iqtisodiy aloqa va munosabatlar sodir bo‘ladi.
Agrar sohada ishlab chiqarish ko‘p jihatdan yer bilan bog‘liq bo‘ladi. Yer
Dostları ilə paylaş: