Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


ga  egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə294/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

ga 
egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan 
munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. 
1
Raxmatov M.A., B.Z.Zaripov. Klastеr – intеgratsiya, innovatsiya va iqtisodiy o‘sish. T.: Zamin Nashr, 2018 y. 20 
bеt. 
2
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2019 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbеkiston Rеspublikasi qishloq xo‘jaligini 
rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan stratеgiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni. 


378 
Yerning hosil berish qobiliyatiga
tuproq unumdorligi
deyiladi.
U tabiiy 
yoki iqtisodiy bo‘lishi mumkin. 
Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday 
aralashuvisiz, tabiiy o‘zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o‘simlik 
«oziqlanishi» mumkin bo‘lgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning 
tabiiy unumdorligi deyiladi. 
Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta’siri natijasida, ya’ni 
tuproq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun’iy yo‘l bilan 
(masalan, yerni organik va kimyoviy o‘g‘itlash, ishlab chiqarishni 
mexanizatsiyalash, ilmiy asoslangan holda sug‘orish, irrigatsiya va 
melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda boshqa shu 
kabi yo‘llar bilan) amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi. 
Yerdan olinadigan hosil ko‘proq mana shu yerning tuproq unumdorligini 
saqlash va uni oshirish, ya’ni insonning, aniqrog‘i ishchi kuchining, jonli 
mehnatning yerga faol ta’siri bilan bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiyotning boshqa 
tarmoqlari kabi qishloq xo‘jaligida ham ishlab chiqarish uning omillarining 
bevosita birikishi asosida sodir bo‘ladi. Bunda ishchi kuchi faol bo‘lib, asosiy rolni 
o‘ynaydi. Qishloq xo‘jalik korxonalarida erdan boshqa barcha ishlab chiqarish 
vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo‘lishi mumkin. Turli mulkchilik 
shaklidagi ishlab chiqarish vositalaridan jamiyat barcha a’zolarining turmush 
darajasini yaxshilash yo‘lida foydalaniladi. Hozirgi paytda qishloq xo‘jaligida 
xo‘jalik yuritishning asosiy ko‘rinishlari klaster, fermer, dehqon va tomorqa 
xo‘jaligi shakllarida bo‘lib, ulardagi ishlab chiqarish jarayonlari turli iqlim va 
tuproq sharoitlarida olib boriladi.
Mamlakatimiz miqiyosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar unumdor 
yerlarga taalluqli bo‘lib, umummilliy boylik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 
ishlab chiqarish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy 
vositasi hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning umumiy maydoni 20236,3 ming 
gektarni, shundan haydaladigan yerlar 3988,5 ming gektarni, ko‘p yillik 
daraxtzorlar 383,1 ming gektarni, bo‘z yerlar 76 ming gektarni, pichanzor va 


379 
yaylovlar 11028,3 ming gektarni, boshqa yerlar 4760,4 ming gektarni tashkil 
qiladi
1
.
Shunga binoan qishloq xo‘jaligidagi kapitalning tarkibida turli inshootlar, 
binolar, uzatma mexanizmlar va boshqalarning hissasi ko‘proq. Qishloq xo‘jaligida 
takror ishlab chiqarishni amalga oshirishda aylanma kapital ham qatnashadi. 
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida aylanma kapital quyidagilardan tashkil topadi: 
yosh va boquvdagi hayvonlar, em-xashak, urug‘lik fondlari, kimyoviy o‘g‘itlar, 
xizmat muddati bir yildan kam bo‘lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari – 
inventarlar, yoqilg‘i va moylash materiallari hamda shu kabilar. Ishlab chiqarish 
jarayoni qishloq xo‘jaligida aylanma kapitalning ko‘pgina qismi hali 
tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 
ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida kapital boshqa tarmoqlardagidek 
doiraviy aylanib turadi, ya’ni pul shaklidan ishlab chiqarish shakliga, undan tovar 
shakliga o‘tib, yana pul shakliga qaytib keladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, 
qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori yerning 
hosildorligi, uning sifatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yerning tabiiy, biologik, 
iqtisodiy va texnikaviy sharoitlarini yaxshilash ham qishloq xo‘jaligida mavjud 
bo‘lgan kapitalning doiraviy aylanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun 
bu omillardan to‘laroq foydalanish har bir xo‘jalikning muhim vazifasidir. Tabiiy 
omillar qishloq xo‘jalik mahsulotlari miqdorining yanginaflilikning oshishiga 
bevosita ko‘payishiga ta’sir etsa ham, mahsulotning qiymatini oshirmaydi, 
qiymatiga qiymat qo‘shmaydi, ya’ni qiymat yarata olmaydi. Ishlab chiqarish tabiiy 
sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham bu yerda ish davri va umumiy ishlab 
chiqarish vaqti o‘rtasidagi muddat sanoatga nisbatan birmuncha uzoqroq bo‘ladi. 
Masalan, qishloq xo‘jaligida turli ekinlarni ekib bo‘lingandan to hosil yig‘ishtirib 
olinguncha ishlab chiqarish vaqti davom etadi. Ish davri esa shu vaqt ichida 
qishloq xo‘jalik ekinlari mehnat ta’sirida bo‘lgan kunlar hisoblanadi. 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Sh. Mirziyoyеvning 2019 yil 17 iyundagi “Qishloq xo‘jaligida еr va suv 
rеsurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5742-sonli Farmoni 


380 
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsumiyligi bilan 
xususiyatlidir. Bu hol qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan mehnat vositalaridan, 
ya’ni kombayn, turli ekish asboblari va shu kabilardan foydalanish vaqtiga 
bevosita ta’sir o‘tkazadi. Boshqacha qilib aytganda, bu mehnat vositalaridan 
foydalanish mavsumiy tavsifga ega bo‘lib, yilning ma’lum muddatlaridagina 
foydalaniladi, qolgan vaqtda esa ular bekor turadi. Masalan, seyalkadan ekish 
davomida foydalanilsa, g‘alla o‘rish kombaynlari, paxta terish mashinalari esa 
yiliga 20-30 kun yig‘im-terim paytida ishlatiladi, xolos. Shuning uchun ham 
qishloq xo‘jaligida mehnatning kapital va energiya bilan qurollanish darajasi ishlab 
chiqarishning boshqa tarmoqlariga nisbatan yuqori bo‘lishini taqozo qiladi, lekin 
bu yerda asosiy va aylanma kapital harakati sustroq. Bulardan tashqari qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishi va mehnat jarayonlarining mavsumiyligi sababli yil 
davomida aylanma mablag‘larning sarfi bir me’yorda bo‘lmaydi. Qish va yoz 
mavsumlarida xarajat qilinadigan aylanma mablag‘lar tarkibida birmuncha 
tafovutlar mavjud. Masalan, qish mavsumida aylanma mablag‘larning ko‘pgina 
qismi (urug‘lik, em-xashak, turli ozuqalar) ishlab chiqarish ehtiyot qismi shaklida, 
yoz faslida esa tugallanmagan ishlab chiqarish, texnikaning butlash qismlari, neft 
mahsulotlari va shu kabilarning hissasi ortib boradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishini tashkil qilishda yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlarni hisobga olib, 
ishni tashkil qilish uning samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir. 
Bizning mamlakatimizda aholining nisbatan zichligi va qishloq xo‘jaligiga yaroqli 
yerlarning cheklanganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinmadi, 
unga davlat mulki saqlanib qoldi. Lekin, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib 
chiqib, oqilona agrar islohotlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon 
chuqurlashtirilmoqda.
2017 yilda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida muhim ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. 
Chunki ko‘pgina qishloq xo‘jaligi mahsuloti turlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 
o‘sishga erishildi (13.1-jadval).


381 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin