390
uchun to‘lanadigan renta (R), yerga ilgari sarflangan kapital uchun foiz (r); yer
uchastkasini ijaraga bergunga qadar unga qurilgan inshootlar amortizatsiyasi (A).
Buni formulada quyidagicha yozish mumkin:
A
r
R
ИХ
.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yer faqat ijara obyekti emas,
balki
oldi-sotdi obyekti hamdir. Yer ham qishloq xo‘jalik mahsuloti etishtirish va tabiiy
qazilma boyliklar qazib olish uchun, har xil ishlab chiqarish va turar joy binolari,
inshootlar, yo‘llar, aeroportlar va hokazolar qurish uchun sotib olinadi. Bunday
hollarda yerning narxi nima bilan belgilanadi?
Yer narxi.
Ma’lumki, yer inson mehnati mahsuli bo‘lmaganligi
sababli
almashuv qiymatiga ega emas. Shunga ko‘ra, nazariyotchilar yer va boshqa tabiat
in’omlari narxini
irratsional narxlar
deb ataydilar. Yer
uchastkasining egasi uni
sotishda olingan summani bankka qo‘yilganda, u keltiradigan foiz tarzidagi
daromad shu yer uchastkasidan olinadigan rentadan kam bo‘lmagan
taqdirdagina
yerni sotadi. Boshqacha aytganda,
Dostları ilə paylaş: