Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə299/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Differensial renta I
yern
ing tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan, 
sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo‘llariga yaqin joylashgan 
serunum yer uchastkalarida vujudga keladi.
Differensial renta I ning hosil 
bo‘lishini shartli misol yordamida ko‘rib chiqamiz (13.2-jadval). 
Misolimizdagi uch xil yer uchastkalaridan olingan mahsulotning ijtimoiy 
qiymati bir xil, ya’ni 10000 so‘mni tashkil qiladi. Yalpi hosildorlik A uchastkasida 
20 tonna, B va V uchastkalarda 25 va 30 tonnani tashkil qiladi.
Har bir 
uchastkadan turlicha hosil olinganligi tufayli ularda yetkazilgan mahsulotlarning 
individual qiymati ham turlicha bo‘lib chiqadi. Ya’ni, A uchastkasida har bir 


386 
mahsulot birligining qiymati 500 so‘m bo‘lsa, B uchastkasida 400 so‘m, V 
uchastkasida esa 333 so‘mni tashkil qiladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifati 
yomon uchastkada etishtirilgan mahsulot narxida sotiladi (misolimizda 500 so‘m). 
Natijada yomon yer uchastkasi (A) o‘zining yakka ishlab chiqarish xarajatlarini 
qoplash va foyda olish imkoniga ega bo‘ladi. O‘rtacha (B) va yaxshi (V) yer 
uchastkalarida esa yomon yer uchastkasi (A)ga nisbatan 2500 va 5000 so‘m 
miqdorda qo‘shimcha daromad olinadi. Bu olingan qo‘shimcha daromad yerning 
tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan differensial renta I ni tashkil qiladi.
13.2-jadval
Differensial renta I ning hosil bo‘lishi 
Yer 
uchast-
kasi 
Ijtimoiy 
ishlab 
chiqarish 
xarajat-lari 
(so‘m) 
O‘rtacha 
foyda 
(so‘m) 
Ijti-moiy 
qiymat 
(so‘m) 
Yalpi 
mahsulot 
(tonna) 
Mahsulot-
ning indi-
vidual 
qiymati 
(so‘m) 
Ijtimoiy 
qiymat – 
bozor narxi 
(so‘m) 
Yalpi 
sotilgan 
mahsulot 
(so‘m) 
Diffe- 
rensial 
renta I 
(so‘m) 

8000 
2000 
10000 
20 
500 
500 
10000 


8000 
2000 
10000 
25 
400 
500 
12500 
2500 

8000 
2000 
10000 
30 
333 
500 
15000 
5000 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin