387
Bu holni biz 13.3-jadvalda shartli misol bilan ifoda etishimiz mumkin.
Misolimizda yerga qo‘shimcha 5 ming so‘m
xarajat qilish natijasida
qo‘shimcha 20 tonna mahsulot olinsa, u holda birinchi yilga nisbatan qo‘shimcha
olingan 10 ming so‘m daromad differensial renta II ni tashkil etadi. Bunday
intensiv rivojlanish qishloq xo‘jaligida bosh yo‘l hisoblanadi. Chunki qishloq
xo‘jaligini intensiv rivojlantirmay turib, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni va
jamiyat a’zolarining o‘sib borayotgan talabini qondirib bo‘lmaydi. Shuning uchun
ham qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirish uchun alohida e’tibor beriladi.
Buning uchun qishloq xo‘jaligini agrar sanoatlashgan asosga qo‘yish,
intensivlashtirishni tezkorlik bilan amalga oshirish choralari ishlab chiqilishi
lozim. Keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini
zamonaviy texnika
bilan ta’minlash uzluksiz o‘smoqda. Qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirish
uchun ajratilgan kapital mablag‘lar ham ortmoqda.
Agar hamma joyda bir xil xarajat qilinib, hosildorlik bir xil oshirilsa edi, unda
hech qanday differensial renta II bo‘lmas edi. Gap shundaki, yer birligiga
sarflangan
bu xarajatlar turli hududlarda, viloyatlarda, xo‘jaliklarda turlicha
darajada amalga oshiriladi va natijada hosildorlik ham turlicha oshadi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotining ijtimoiy qiymati bilan yakka tartibdagi
qiymati o‘rtasidagi tafovut xo‘jaliklarning ustama qo‘shimcha mahsulotini tashkil
qiladi. Ya’ni, differensial rentaning har ikkala ko‘rinishini (renta I va II ni) o‘z
ichiga oladi. Differensial renta I va II mahsulotning
muayyan ijtimoiy qiymati
bilan hudud bo‘yicha yoki alohida olingan xo‘jalikning individual qiymati
o‘rtasidagi tafovutdan iboratdir. Shu hosil qilingan daromadlar davlat bilan xo‘jalik
o‘rtasida taqsimlanadi. Uning davlatga to‘langan qismi yer rentasi ko‘rinishini
oladi (chunki bizda yer davlat mulkidir).
Differensial renta I yuqorida qarab chiqilganidek, xo‘jaliklar faoliyatiga
bog‘liq bo‘lmagan tabiiy sharoitda vujudga keladi.
Shuning uchun ham qishloq
xo‘jaligi korxonalarida hosil qilingan bu xildagi renta yer davlat mulki bo‘lganligi
sababli uning manfaatlari yo‘lida sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat
388
fondida (budjetida) to‘planishi lozim. Bu hol o‘rta va yaxshi unumli yerda
joylashgan xo‘jaliklarning iqtisodiy manfaatdorligiga putur yetkazmaydi,
balki
boshqa xo‘jaliklar bilan ozmi-ko‘pmi iqtisodiy sharoitlarni tenglashtirish imkonini
beradi. Markazlashtirilgan davlat fondiga o‘tgan bu mablag‘lar (differensial renta
I) ni mamlakat oldida turgan vazifalarni bajarish, xususan yangi yerlarni
o‘zlashtirish va yer unumdorligini yuksaltirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni
amalga oshirish uchun yo‘naltirilishi mumkin bo‘ladi.
Differensial renta
II erdan intensiv foydalanish, ya’ni uning iqtisodiy
unumdorligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham bu xildagi rentaning
asosiy qismi xo‘jaliklarning o‘zlarida qoldirilishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Uning
faqat bir qismi davlat
fondiga jalb qilinishi mumkin, chunki davlat ma’lum
darajada bu rentani hosil qilishda o‘z hissasini qo‘shadi, ya’ni transport yo‘llari
qurilishiga, irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirish uchun kapital
mablag‘lar sarflaydi, texnikalar, kadrlar, mineral o‘g‘itlar yetkazib beradi. Shunday
qilib, differensial renta I va differensial renta II yer egasi bo‘lgan davlat bilan
xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Dostları ilə paylaş: