Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə308/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

13.4-jadval
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining tutgan 
o‘rni 
Ko‘rsatkichlar 
2010 
2012 
2014 
2015 
2017 
2018 
2019 
Yalpi 
ichki 
mahsulot, 
mlrd. 
so‘m 
61831,2 96589,8 144867,9 171369,0 249136,4 407514,5 511838,1 
Shu 
jumladan: 
qishloq xo‘jaligi 
yalpi 
mahsuloti, 
mlrd. so‘m 
15810,7 24370,3 
36957,0 
42280,4 
69504,2 117315,8 130599,9 
Qishloq 
xo‘jaligining 
YaIMdagi ulushi, 
foizda 
17,5 
17,5 
17,2 
24,7 
27,9 
28,8 
25,5 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. 
Mamlakatimizda barcha haydaladigan yerlarning 3/4 qismidan ko‘prog‘i (4,2 
mln.ga) sug‘oriladigan yerlar bo‘lib, uning yarmidan ko‘prog‘i yaxshi meliorativ 
holatdadir, qolgan yerlarning esa meliorativ holati talabga javob bermaydigan 
bo‘lib, ularni qayta ko‘rib chiqish, kollektor-drenaj tarmoqlarini rekonstruksiya 
qilishni olib borishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda sug‘orib kelingan har gektar 
yerning meliorativ holatini qayta ko‘rib chiqish uchun 1990 yilgi darajadan 14-15 
baravar ko‘p xarajat talab qilinadi. Bundan xulosa shuki, birorta ham fermer 
irrigatsiya va melioratsiya ishlarini o‘zi mustaqil amalga oshira olmaydi. Faqat 
davlatgina melioratsiya tarmoqlarini rekonstruksiyalashga, qurishga va irrigatsiya 
tadbirlarini amalga oshirishga qodirdir. 
Qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilish, ko‘p tarmoqli 
fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, davlat buyurtmasiga binoan qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini moliyaviy sog‘lomlashtirish asosida 
ichki va tashqi bozorning ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari etishtirishni 
ko‘paytirishga imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, paxta-g‘alla, meva-sabzavotchilik 
va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishda eng ilg‘or agrotexnik 


397 
tadbirlarni qo‘llash hamda chorvachilik, parrandachilik, asalarichilikni 
rivojlantirishga etarlicha e’tibor berilmoqda. 
Qishloq xo‘jaligini isloh qilish jarayonida qo‘llanilgan muhim yo‘nalishlardan 
biri – bu shaxsiy tomorqalarni kengaytirish, yangi sug‘oriladigan yerlarni shaxsiy 
xo‘jaliklar va bog‘-dala hovli uchastkalariga ajratib berish yo‘li bilan aholini yer va 
ish bilan ta’minlashdan iboratdir. Shu ko‘rilgan chora-tadbirlar hisobiga, 
birinchidan, qishloq joylarda
 
ishsizlikning kuchayib borish xavfini barham 
toptirishga, ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirishga, uchinchidan, 
aholini hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdagi keskinlikka 
barham berishga va to‘rtinchidan, yakka tartibda uy-joy qurilish ko‘lamini ancha 
kengaytirishga muvaffaq bo‘linmoqda. 
Respublikada islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichlaridayoq
fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi 
sifatida faoliyat ko‘rsatishdi. Shu sababli, respublikamizda qishloq xo‘jaligini 
fermerlashtirish agrar islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanib, bu jarayon zarar 
ko‘rib ishlash natijasida og‘ir ahvolga tushib qolgan davlat xo‘jaliklarini fermer 
xo‘jaliklariga aylantirish, mavjud davlat va jamoa xo‘jaliklari tarkibida ular 
resurslari hisobidan fermer xo‘jaliklari tashkil etish hamda dehqonlarning mol-
mulklari negizida dehqon xo‘jaliklarini tarkib toptirish yo‘li bilan amalga oshirildi. 
Fermer va dehqon xo‘jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini 
tartibga solish O‘zbekiston Respublikasining «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, 
«Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, «Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) 
to‘g‘risida»gi qonunlarga hamda qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga 
qaratilgan boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi.
Hozirgi davrda agrar islohotni tubdan hal etishni taqozo qilayotgan g‘oyat 
muhim yo‘nalish – qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan ortiqcha ishchi kuchini 
bo‘shatib olish va ularni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga (sanoat, xizmat 
ko‘rsatish va boshqa sohalariga) jalb etishdan iboratdir. Bunda qishloq joylarda 
faoliyat shaklini tez o‘zgartira oluvchi, zamonaviy texnologiyaga ega bo‘lgan, 
qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlaydigan, kasanachilik va xalq 


398 
hunarmandchiligiga asoslangan kichik korxonalarni ochish ustuvor vazifa 
hisoblanadi. 
Qishloq joylarida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal 
rivojlantirish – agrar sohadagi islohotlarning hozirgi kundagi ustuvor 
yo‘nalishlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Qishloqda turmush darajasini 
yuksaltirishga, qishloqlarimiz qiyofasini o‘zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli va 
bir-biri bilan chambarchas bog‘liq keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish, 
ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish
mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o‘rni va ahamiyatini 
tubdan qayta ko‘rib chiqish, fermer xo‘jaliklari rivojini har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash masalalari dolzarb bo‘lib bormoqda. 
Ana shu dolzarb masalalarni hal qilish maqsadida 2017-2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarida “

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin