393
ham qishloq xo‘jaligi, ham sanoatga xos resurslarni ishlatib, iste’molga tayyor
bo‘lgan mahsulot yaratadi. Mazkur turdagi korxonalar turli mulkchilikka
asoslanishi, chunonchi oilaviy xo‘jalik asosida ham tashkil topib, kichik zavodlar
bilan birikishi mumkin. Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning
yangi turlaridir.
Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va
unga bog‘liq ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bir necha
xo‘jalik hamda korxonalarning birlashmasidir.
Masalan, bog‘dorchilik va
uzumchilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi sex
va zavodlar, iste’molchilarga yetkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir
texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma
ishtirokchilari ishlab chiqarish, xo‘jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab
qolishi bilan birga, ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi.
Agrosanoat kombinatlari
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish,
qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berishgacha barcha texnologik
jarayonga xizmat qiluvchi xo‘jalik va korxonalarning ma’lum bir hududida
birlashuvidir.
Agrobiznes turiga ko‘ngilli va paychilik mablag‘lari asosida tashkil
qilingan turli xil uyushma va ittifoqlarni ham kiritish mumkin.
Qishloq xo‘jaligidagi davlat korxonalari, jamoa xo‘jaliklari va shirkatlari, turli
xil mulkchilik asosida tashkil qilingan qo‘shma korxonalar ham agrobiznes turlari
sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: