Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 O‘zbekistonda agrar islohotlarni amalga oshirish va yanada



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə306/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
13.4. O‘zbekistonda agrar islohotlarni amalga oshirish va yanada 
chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari
 
O‘zbekistonda agrar islohotlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining 
samaradorligini oshirish, mulkchilik munosabatlari va shakllarini tubdan isloh 
qilish, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va mustahkamlash, qishloqlarni obod 
etish asosida qishloq aholisining daromadlari va turmush darajasini yuksaltirish 
vazifalarining amalga oshirilishini ko‘zda tutadi.


394 
Mamlakatimizda ilk mustaqillik yillaridan boshlab fermer xo‘jaliklarini 
qo‘llab-quvvatlashga hamda fermerlik harakatini rivojlantirishga davlat siyosati 
darajasida e’tibor qaratildi. 
Qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishning huquqiy 
asoslarini yaratish maqsadida mustaqillikning dastlabki yillarida qabul qilingan 
qator qonun hujjatlari qishloqda yangi huquqiy munosabatlarni joriy etish hamda 
fermerlikni rivojlantirish imkonini yaratdi.
Qishloq xo‘jaligida bozor islohotlarini amalga oshirishni 
ikki bosqichga
bo‘lishimiz mumkin.
Birinchi bosqich
1991-2000 yillarni o‘z ichiga olib, ushbu davrda past 
rentabelli, aholiga o‘z imkoniyatlarini namoyon etish uchun sharoit yaratib 
bermagan shirkat xo‘jaliklarini tugatib, bunda fermer xo‘jaliklarini tashkil etish 
yo‘li tanlandi hamda quyidagi asosiy chora-tadbirlar amalga oshirildi: 
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 29 noyabrdagi PF-295-
sonli Farmoniga asosan qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini shakllantirish, 
dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish va fuqarolarni tadbirkorlik 
faoliyatiga jalb etish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratib berildi; 
– 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan Yer kodeksi bilan fuqarolarga fermer 
xo‘jaligi yuritish uchun yerlarni ijaraga berishning huquqiy asoslari belgilab 
berildi;
– Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 iyuldagi 300-sonli qaroriga ko‘ra 
faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon (fermer) xo‘jaliklari boshliqlari attestatsiyadan 
o‘tkazilib, ushbu xo‘jaliklar fermer xo‘jaliklari sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Islohotlarning 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin