Agrosanoat integratsiyasi
– qishloq xo‘jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va
mahsulotni iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o‘rtasida ishlab
chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayoni.
Agrobiznes
– tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo‘jaligi va u bilan bog‘liq
sohalardagi namoyon bo‘lish shakli.
Klaster
— bir majmua doirasida bir jamoa bo‘lib yerlarni shudgorlash, chigit
ekish, paxtani parvarishlash, hosilini yig‘ib-terib olish, xom ashyoni chuqur qayta
ishlash bilan bog‘liq korxonalarni birlashtiruvchi ishlab chiqarish majmuasidir.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1.
Agrar munosabatlarning mazmunini, iqtisodiy munosabatlarda tutgan
o‘rnini va xususiyatlarini ko‘rsatib bering.
2.
«Yerga egalik» va «erdan foydalanish» tushunchalarini izohlang.
411
3.
Yer rentasi nazariyalarining umumiy tomonlari va tub farqlarini ko‘rsatib
bering.
4.
Yer rentasining asl mazmunini tushuntiring.
5.
Differensial (I va II) va absolyut rentaning hosil bo‘lish shart-sharoitlari,
manbalari va taqsimlanishini tushuntirib bering.
6.
Monopol renta nima?
7.
Qazib oluvchi va undirma sanoatda renta qanday hosil bo‘ladi?
8.
«Ijara haqi» va «er rentasi» ning farqlarini izohlang.
9.
Agrobiznesning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning asosiy turlariga
tavsif bering.
10.
Agrosanoat majmuasi va agrosanoat integratsiyasi tushunchalarining
iqtisodiy mazmuniga o‘z fikringizni bildiring.
11.
Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga alohida e’tibor berilishining
sabablari nimalardan iborat?
|