III B O‘ L I M.
MILLIY IQTISODIYOT (MAKROIQTISODIYOT)NING AMAL QILISH
VA RIVOJLANISH QONUNIYATLARI
14-bob. MILLIY IQTISODIYOT VA UNING MAKROIQTISODIY
O‘LCHAMLARI. YALPI ICHKI MAHSULOT VA UNING HARAKAT
SHAKLLARI
Oldingi boblarda biz iqtisodiy jarayonlar va ularda sodir bo‘ladigan
munosabatlarni umumiqtisodiy va korxonalar darajasida ko‘rib chiqqan edik.
Mazkur bobda iqtisodiy munosabatlar makroiqtisodiy darajada tahlil qilinadi.
Shuningdek, milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari tavsifi,
milliy ishlab chiqarishning natijasi hisoblangan yalpi ichki mahsulot, uning
tarkibiy qismlarining iqtisodiy mazmuni va harakat shakllari yoritiladi. Yalpi ichki
mahsulotni hisoblash tizimi hamda uning asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash usullari
bayon etiladi.
14.1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
Barchamizga ma’lumki, mustaqillik davrigacha O‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq
ittifoq iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot
deb bo‘lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakkahokimligiga,
xomashyo ishlab chiqarishga va boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz,
ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa ko‘pgina ishlab
chiqarish vositalari, iste’mol tovarlarining ta’minlanishi bo‘yicha markazga
butunlay qaram bo‘lgan, izdan chiqqan, mo‘rt va nochor iqtisodiyot meros bo‘lib
qolgan edi.
Eng yomoni shundaki, O‘zbekiston iqtisodiyoti, asosan, xomashyo
tayyorlashga yo‘naltirilgan biryoqlama rivojlanish holiga tushib qolgan bo‘lib,
413
iqtisodiyotga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir o‘tkazadigan paxta
yakkahokimligi yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan edi. Buning
oqibatida ulkan tabiiy, mineral-xomashyo, mehnat va inson salohiyatiga ega
bo‘lishiga qaramay, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush darajasi, ijtimoiy
va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan birida turar edi
1
.
Mustaqillik yillarida yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat
tarmoqlarining vujudga kelishi, ko‘plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va
fabrikalar qurilganligi, energetika, yonilg‘i va g‘alla mustaqilligiga erishilganligi
iqtisodiyotdagi
tarkibiy
o‘zgarishlar,
modernizatsiyalash,
yangilash,
diversifikatsiyalash, izchil o‘sish sur’atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni
shakllantirish va mustahkamlash sari harakat natijalaridir.
Mamlakatimizda
mustaqil
amal
qiladigan
bozor
iqtisodiyotining
infratuzilmalari: savdo, bozor, birja, moliya, bank, kredit, soliq, sug‘urta, bojxona
tizimlari va boshqa qator funksional iqtisodiyot tarmoqlari barpo etildi. Shunday
qilib, O‘zbekistonda erkin, zamonaviy bozor munosabatlariga asoslangan yangi,
mustaqil rivojlanayotgan, o‘z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy
iqtisodiyot shakllantirildi.
“Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili,
bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv
sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va
jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda
tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda”
2
.
Milliy iqtisodiyot ko‘plab o‘zaro bog‘liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo‘lgan
murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o‘rtasidagi amalda
tarkib topgan munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini
tavsiflab beradi.
1
O‘zbеkistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li. Birinchi Prеzidеnt Islom Karimovning O‘zbеkiston
Rеspublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prеzidеnt Dеvonining O‘zbеkiston mustaqil-ligining 16 yilligiga
bag‘ishlangan qo‘shma majlisidagi ma'ruzasi // Xalq so‘zi, 2007 yil 31 avgust.
2
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni.
|