birinchidan, bizga ma’lum
vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning
faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi.
Ikkinchidan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi, milliy mahsulot va uning
tarkibiy qismlari harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish,
ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirish
imkonini beradi. Nihoyat,
uchinchidan, mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud
resurslar va ulardan samarali foydalanish darajasini, iqtisodiyotning turli sohalari,
tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblik va muvozanatlik holatini aks ettiradi.
Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar – yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy
daromad (MD), aholi daromadlari (AD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik,
inflyatsiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlar moddiy ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha xo‘jaliklar iqtisodiy
faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.
14.2. Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda tarkibiy jihatdan o‘zgarib,
yangilanib, miqdoran ko‘payib va sifat jihatidan takomillashib borar ekan, bu
ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari
ham to‘xtovsiz yangilanib, takroran amalga oshib turadi.
Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takrorlanib turishi ijtimoiy takror ishlab chiqarish deyiladi.
418
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin:
oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish.