415
miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish resurslarining sifati,
hududlarning yer maydonlari va infratuzilma obyektlari bilan ta’minlanganligi,
ekologiya holati.
Milliy iqtisodiyotni barqaror va samarali rivojlantirish o‘ta murakkab jarayon
bo‘lib, u uzoq muddatli, har tomonlama o‘ylab olib boriluvchi iqtisodiy siyosatga
asoslanadi. Chunki, iqtisodiy rivojlanishda turli beqarorlik holatlari, inqirozlar ruy
berib turadi. Jumladan, 2008 yilda AQShda boshlangan va hamon uning ta’siri
sezilib turgan jahon-moliyaviy iqtisodiy inqirozi ham milliy iqtisodiyotimizga o‘z
ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Bunday ta’sir quyidagi holatlarda aniq namoyon
bo‘ldi:
birinchidan, mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlar (qimmatbaho va
rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va boshqalar)ning
jahon bozoridagi narxlarining keskin tushib ketishi natijasida eksportdan
olinadigan daromad hajmining pasayib ketishi;
ikkinchidan, umuman dunyo bozoridagi talabning keskin tushib ketishi
oqibatida mahsulot sotish hajmining qisqarishi;
uchinchidan, jahondagi investitsion faollikning pasayishi natijasida uzoq
muddatli investitsion loyihalarimizni amalga oshirish muddatlarining kechikishi va
h.k.
Milliy iqtisodiyotimizning barqaror va muvozanatli rivojlanishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ushbu holatlarni o‘z vaqtida aniqlab, ularning oldini
olish va ta’sir oqibatlarini yumshatish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar evaziga
iqtisodiyotimizning yuqori o‘sish sur’atlari saqlab qolindi
1
.
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hajmi va ularning
o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali, mikro- va makroiqtisodiy darajada
aniqlanib, tahlil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: