409
differensial (tabaqalashgan) renta I va differensial renta II, monopol renta, qazilma
boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta.
7.
Fermer xo‘jaliklari mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi korxonalarining
muhim shakllaridan biri bo‘lib qolmoqda va ularni rivojlantirishga e’tibor
kuchaytirilmoqda.
8.
Tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo‘jalik sohalaridagi shakli agrobiznes
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Agrobiznes tushunchasiga qishloq xo‘jaligi bilan
bog‘liq bo‘lgan biznes turlari kiritiladi. Bu qishloq xo‘jaligiga texnika yetkazib
berish, ta’mirlash xizmatlari ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta
ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik
faoliyatidir. Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste’mol bozorini yetarli miqdorda
sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari, sanoatni esa xomashyo bilan uzluksiz
ta’minlash orqali foyda ko‘rishdan iborat.
9.
Hozirgi vaqtda davlat agrar siyosatining muhim yo‘nalishlari qishloq
xo‘jaligini modernizatsiyalash, diversifikatsiyalashdan iboratdir.
10.
Klaster tizimi agrar sohada xo‘jalikni samarali yuritishning va agrosanoat
integratsiyasini amalga oshirishning yangi tizimidir.
Dostları ilə paylaş: