410
Differensial renta II
– yerlarning iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida
vujudga keladigan qo‘shimcha sof daromad.
Absolyut renta
– qishloq xo‘jaligida yerga bo‘lgan mulkchilik monopoliyasi
natijasida vujudga kelib, barcha turdagi – yaxshi, o‘rtacha va yomon yerlardan
olinadigan renta.
Monopol renta
– alohida tabiiy sharoitga ega bo‘lgan, noyob qishloq xo‘jalik
mahsulotlari etishtiriladigan yerlardan olinadigan renta.
Undirma sanoatda renta
– foydali qazilma konlarining yuza yoki chuqur
joylashishi va ularning boyligi jihatdan farqlar natijasida vujudga keladi.
Agrosanoat majmuasi
– qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish, uni
saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog‘liq xo‘jalik
tarmoqlarining birligi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasi
– bevosita qishloq xo‘jalik
ishlab chiqarishiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalar.
Ijtimoiy infratuzilma
– odamlar yashash va turmush faoliyatining umumiy
sharoitlarini ta’minlaydigan sohalar.
Dostları ilə paylaş: