MADANIYAT VA SAN’AT SOHASINI TARAQQIY ETISHIDA
INNOVATSION JARAYONLARNING TUTGAN O‘RNI
Muhayyo Akbarovna Bekmurodova
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada milliy madaniyatni yanada rivojlantirishga
to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli kamchiliklar, milliy madaniyatni yanada
rivojlantirishning asosiy tamoyillari o‘rganilib, madaniyat va san’at sohasini taraqqiy
etishida innovatsion jarayonlarning tutgan o‘rniga baho berilgan va madaniy
loyihaning asosiy innovatsion belgilari ajratilgan holda innovatsion madaniy
mahsulot va xizmatlarni rivojlantirish, madaniyat va san’at sohasini takomillashtirish
va venchur kapitalini rivojlantirish masalalari o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar:
innovatsiya, madaniyat va san’at, madaniy qadriyatlar, ijod
erkinligi, venchur kapitali, innovatsion jarayonlar.
THE ROLE OF INNOVATIVE PROCESSES IN THE DEVELOPMENT OF
CULTURE AND ART
Muhayyo Akbarovna Bekmurodova
Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract
: The article examines a number of systemic shortcomings that impede
the further development of national culture, the basic principles of the further
development of national culture, assesses the role of innovation processes in the
development of culture and art, highlights the main innovative features of a cultural
project, studies the development of products and services, improving culture and art,
as well as development of venture capital.
Keywords:
innovation, culture and art, cultural values, freedom of creation,
venture capital, innovation processes.
Keyingi yillarda mamlakatimizda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini
yuksaltirish, madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash, soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, hozirgi vaqtda madaniyatning
innovatsion tarkibiy qismining ahamiyati davlat darajasida kata e’tirob qaratilishi
Yangi O‘zbekistonning bosh maqsadiga aylandi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: “Mamlakatimiz aholisi, avvalo yoshlar, qalbida
amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, shu yo‘nalishdagi
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
109
http://oac.dsmi-qf.uz/
ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini yanada oshirishimiz zarurligi davr
talabiga aylanib bormoqda” - deya ta’kidlab o‘tgan edi[1: 280-bet].
Yangi O‘zbekiston madaniyat sohasida tub islohotlar amalga oshirilmoqda.
Haqiqatan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi
“O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3920-son qarorini imzolashi buning yaqqol
isbotidir. Bu qaror ijrosi madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirishni
ta’minlash, madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash,
aholining
madaniyat
muassasalariga
bo‘lgan
qiziqishini rag‘batlantirish,
mamlakatimizning jahon madaniy makoniga integratsiyalashuvini ta’minlashni
nazarda tutadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi
“Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning
naqadar
dolzarbligini
ko‘rsatib
turibdi.
Farmonga
ko‘ra,
O‘zbekiston
Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish
dasturlarida moddiy-madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini restavratsiya
qilish uchun xarajatlarga 500 mlrd. so‘m ajratilishi belgilandi[2: lex.uz].
So‘nggi to‘rt-besh yilda Yangi O‘zbekistonda madaniyat sohasida sodir
bo‘layotgan jarayonlar madaniyat va san’at rivojida ayniqsa, jamiyatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishidagi rolida ham yuqori darajaga ko‘tarildi.
Hech shubhasiz, o‘z kuchimiz va imkoniyatlarimizga bo‘lgan ishonch bizni
Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ezgu maqsad yo‘lida birlashtirib,
yanada kuchli va mustahkam qilmoqda. Bu intilishlar ulkan amaliy ishlarga aylanib,
buyuk xalq harakati tobora kengayib bormoqda. Bunday qudratli safda bo‘lishning
o‘zi kata baxt, kata sharafdir [3: 30].
Shunday jarayonlardan biri, innovatsiya muammosi hisoblanadi. Madaniyat va
san’at sohasida innovatsion rivojlanishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirishda
ba’zi yutuqlar va ba’zi muvaffaqiyatsizliklarga qaramasdan, bu jarayon O‘zbekiston
uchun hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Bunda asosiy muammo - iqtisodiyot va jamiyatning uzoq muddatli turg‘unligi
va mamlakatning jahon taraqqiyotidan ancha ortda qolib ketishi sanaladi. Ayni
paytda, milliy madaniyatni yanada rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator
tizimli kamchiliklar mavjud. Jumladan:
birinchidan, madaniyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, madaniyat va
san’at muassasalari, ijodiy uyushma va birlashmalarning huquqiy maqomi,
ijodkorlarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan yagona huquqiy baza yaratilmagan;
ikkinchidan, yosh ijodkorlarga ta’lim-tarbiya berish, yuqori malakali kadrlar
tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida puxta tizim yaratilmagani
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
110
http://oac.dsmi-qf.uz/
madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini samarali olib borish, aholining o‘sib
borayotgan madaniy ehtiyojlarini qondirish va madaniy xizmatlar sifatini keskin
oshirish imkonini bermayapti;
uchinchidan, aksariyat madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnik
bazasi zamon talablari va xalqaro standartlarga mos kelmaydi, bu esa ularning
to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilmoqda;
to‘rtinchidan, zamonaviy media makonda milliy madaniyatimiz munosib o‘rin
egallamagani, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to‘liq joriy etilmagani
sohani keng tadqiq va targ‘ib etish, xalqaro madaniy jarayonlarga talab darajasida
integratsiya qilishga yo‘l bermayapti;
beshinchidan, madaniyat va san’at sohasidagi nufuzli xalqaro festival va
tanlovlarda ijodkorlarimizning ishtirokini izchil ta’minlash va ularning sara asarlarini
namoyish etish, milliy ijodiy mahsulotlarni eksport qilishning samarali tizimi
yaratilmagani, xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagani
ham soha rivojiga to‘sqinlik qilmoqda [4: lex.uz].
Bu muammolarni bartaraf etishda innovatsiya jarayonining tarkibiy qismlarida
nazarda tutilgan ishlarni amalga oshirish kerak. Innovatsion rivojlanish jarayoning
ikkita asosiy tarkibiy qism - innovatsion loyihalarni amalga oshirish va innovatsion
salohiyatni
rivojlantirish
bo‘lib,
jamiyatning
innovatsion
madaniyatining
yetishmasligi innovatsiyalar turg‘unligining asosiy sabablaridan biridir. Har qanday
innovatsion rivojlanish nafaqat asosiy innovatsion jarayon, balki uni amalga oshirish
uchun zarur bo‘lgan omillar va shartlar tizimini, ya’ni innovatsion salohiyatni
rivojlantirishdir. Madaniy innovatsion loyihalarni amalga oshirish va madaniy
innovatsion salohiyatni rivojlantirish orqali madaniyat sohasida innovatsion
taraqqiyotga erishish mimkin.
Ko‘p muammolar moliyaviy tomondan farqli tekislikda yotadi. Taniqli menejer,
Germaniya Federativ Respublikasi Fraunhofer jamiyati prezidenti, professori H.Yu.
Varnecke bozor segmentini ko‘paytirish va mahsulot sifatini yaxshilash kabi deyarli
barcha yakuniy maqsadlarga eng yaxshi ijtimoiy tizimga ta’sir qiluvchi strategiyalar
orqali erishish mumkin, deb hisoblaydi. Ushbu jarayonda texnika va texnologiyalar
juda kichik rol o‘ynaydi. Bir tomondan, madaniyat va san’at, boshqa tomondan,
tabiiy fan va texnikaning tarqoqligi falokatga olib kelish xavfini tug‘diradi.
Innovatsion jarayonlar muqarrar ravishda xatarlar va noaniqliklar bilan
tavsiflanganligi sababli, ko‘plab tadqiqotchilar mamlakatda rivojlangan venchur
kapitalining mavjudligi innovatsion jarayonlarning muvaffaqiyatini belgilovchi omil
deb hisoblashadi. Uning zaif rivojlanishi tufayli, masalan, Yevropa mamlakatlari
innovatsiya sohasida AQShdan ma’lum darajada orqada qolmoqda. Biroq, tahlillar
shuni ko‘rsatadiki, bu boradagi farq unchalik katta emas. Shunday qilib, hisob-
kitoblarga ko‘ra, innovatsiyani venchur investitsiyalari emas, aksincha, innovatsion
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
111
http://oac.dsmi-qf.uz/
jarayonlardan talab venchur kapitalining rivojlanishini rag‘batlantiradi va
ikkinchisining rivojlanish darajasi institutsional muhit sifati bilan uzviy bog‘liqdir.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, ijtimoiy sohadagi zamonaviy mahsulotlar
va xizmatlar nafaqat iste’molchilarning ehtiyojlari asosida shakllanadi, balki o‘zlari
ham ushbu ehtiyojlarni shakllantiradi. Masalan, yuqori texnologik tibbiy yordam
xizmatlariga, masofaviy ta’limga bo‘lgan ehtiyoj, zamonaviy insonning turmush
tarziga mos keladi, shu bilan birga, bunday xizmatlar ko‘rsatish innovatsiyalar,
xususan, texnologik rivojlanishlar tufayli amalga oshirish mumkin. Binobarin,
bizning fikrimizcha, vazifa zamonaviy odamni avvalgi madaniy ehtiyojlar doirasida
ushlab turish emas, balki jozibali va shu bilan birga konstruktiv qadriyatlarni
shakllantiradigan madaniy mahsulotni taklif qilishdan iboratdir.
Bunga qanday erishish uchun madaniyat xodimlarining ijodkorlik va yangilik
yaratish qobiliyati, ularning ijtimoiy mas’uliyati, va nihoyat, deklarativ emas, balki
bilvosita ta’sir qila olishi orqali erishish mumkin.
Aholining e’tiborini madaniy xizmatlarga jalb qila oladigan yangiliklar degani
nimani anglatishiga to‘xtalamiz. Rasmiy hujjatlarda, xususan, innovatsiyalarning
texnologik tarkibiy qismiga urg‘u beriladi: gap ommaviy axborot markazlarini
yaratish, ko‘p funksiyali madaniy majmualar tarmog‘ini shakllantirish, universal
mobil tizimlar sonini ko‘paytirish haqida ketmoqda.
Tadqiqotchilar innovatsiyalar deganda ijtimoiy-madaniy vaziyatning o‘zgarishi,
yangi madaniy mahsulotlar va xizmatlarni yaratish, mavjud ob‘ektlar, yondashuvlar
va texnologiyalarni ijodiy rivojlantirish kabilarni nazarda tutgan holda ushbu
kontsepsiyaga yanada kengroq ma‘no kiritdilar.
Aynan g‘oyalar, zamonaviy ijodiy mahsulotlarning etishmasligi byudjet
muassasalari xizmatlari iste‘molchilari sonining kamayishi, ularning faoliyat
ko‘lamini pasayishining sabablaridan biri sanaladi. Maxsus adabiyotlarda ifodalangan
madaniy loyihaning innovatsion belgilaridan biz quyidagilarni ajratib ko‘rsatamiz:
faollik: atrofdagi voqelikni o‘zgartiradigan loyihalarni boshlash, madaniyat
muassasalarining ijtimoiy hayotdagi ishtiroki, tinglovchilarni jalb qilish shakllaridan
foydalanish;
dolzarblik: zamonaviy shaxs, yangi ijtimoiy guruhlar ehtiyojlariga muvofiqlik,
zamonaviy mobil va band turmush tarziga muvofiqlik - moslashuvchan ish vaqti,
innovatsion texnologiyalarni joriy qilish uchun ochiq shahar maydonlaridan
foydalanish (shaharlashgan va tabiiy). San’at turlari va madaniy tadbirlar; “uxlab
yotgan” joylarda joylashgan madaniy tashkilotlar faoliyatini faollashtirish.
Umuman olganda, biz intellekt, ijodiy munosabatlar, turli xil san’at turlarining
integrasilashuvi, jamiyatdagi mehnat shakllarini o‘zgartirish, madaniyat holatini
baholash va loyihalashga e’tiborni qaratish, menejmentni o‘zgartirish kabilarni
istiqbolga yetaklaydi, deb ayta olamiz.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
112
http://oac.dsmi-qf.uz/
Darhaqiqat, innovatsiyalar sharoitida biz aholining madaniy muassasalardan (bu
muassasalar prinsipial ravishda ishlashiga qo‘shimcha ravishda) ham moddiy-
texnologik, ham ijodiy (kasbiy va texnologik) o‘zgarishlar kutayotganini ta’kidlab
o‘tishimiz mumkin. Ijodiy o‘zgarishlarga turli toifadagi fuqarolar uchun ularning
zamonaviy ehtiyojlariga mos keladigan turli xil xizmatlarni ishlab chiqish va amalga
oshirishga ijodiy yondoshishni kiritish mumkin.
Albatta, madaniy “xizmat”ning sust rivojlanishi, hattoki avvalgilaridan mahrum
bo‘lish (masalan, filmlarni tarqatish) sharoitida rivojlanish darajasi past bo‘lgan
shaharlar, qishloqlar aholisining zamonaviy madaniy xizmatlarga talabi hali hamon
juda past darajadadir. Biroq, innovatsiyalarning asosiy xususiyatlarini - bu dolzarblik,
ijodkorlik va zamonaviy texnik vositalardan foydalanishga talabni - bu hududdagi
madaniy talablarda ham ko‘rish mumkin.
Ijtimoiy-iqtisodiy sohani umumiy modernizatsiya qilish nafaqat madaniyatning
yangi iste’molchilarini, balki uni yaratuvchilarni ham shakllantiradi. Yangi ishlab
chiqarish texnologiyalarini joriy etish va madaniy mahsulotlarni targ‘ib qilish
ijodkorlar va iste’molchilarni, xususan, ijodiy sohalar doirasida birlashtiradi.
Iste’molchilarni ijodiy jarayonga jalb qilish orqali ijodkorlar ularni asarlar
yaratilishidagi quvonchlariga qo‘shilishiga imkon beradi va ular, o‘z navbatida,
“o‘zlarining” tomoshabinlari va tinglovchilarini yaxshiroq anglay boshlaydilar.
Multimedia texnologiyalaridan foydalangan holda badiiy festivallar, kontsertlar
va ko‘rgazmalar, muzey va teatr jamoatchiligini birlashtirgan loyihalar kabi yangi
ijod turlari nafaqat yangi ijodiy yondashuvlarni, balki axborot texnologiyalari
yangiliklaridan va yangi boshqaruv ko‘nikmalaridan foydalanishni talab qiladi. Bu
mavjud modernizatsiya qilish va innovatsion boshqaruv usullarini joriy etish byudjet
sohasini isloh qilish, madaniyatning institutsional sohasini o‘zgartirish, tashkilotlar
boshqaruvining rolini kuchaytirish va innovatsion yondashuvlardan foydalangan
holda ijtimoiy-madaniy sohada boshqaruv amaliyotining tarqalishi bilan tavsiflangan
yangi sharoitda madaniyat sohasidagi boshqaruv samaradorligini oshirishga yordam
beradi.
Xulosa qilib aytganda, innovatsion madaniy mahsulot va xizmatlarni
rivojlantirish uchun innovatsion yechimlar iste’molchisini shakllantirish zarur,
buning uchun madaniyat va san’at sohasini takomillashtirish va venchur kapitalini
rivojlantirish; fan, ixtirolar va texnologiyalari transferini rivojlantirish; sohada
innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish; raqobatni
rivojlantirish va ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish; infratuzilma va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |