Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Mamlakat iqtisodiyotining qanchalik rivojlanganligi va samarali



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə323/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Mamlakat iqtisodiyotining qanchalik rivojlanganligi va samarali 
ekanligini aniq bilish uchun aynan shu yilda jonli mehnatning unumli 
harakati natijasida vujudga keltirilgan sof ichki mahsulot (SIM) 
ko‘rsatkichidan foydalaniladi.
YaIMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan 
(eyilgan) asosiy kapital qiymati yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib 
tashlansa sof ichki mahsulot (SIM) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi: 
SIM
summasi
yillik
iya
amortizats
YaIM



Sof ichki mahsulot sotilgandan keyin uning puldagi ifodasi milliy daromadni 
tashkil etadi. Lekin SIM qiymatiga davlat tomonidan o‘rnatiladigan egri soliqlar 
summasi kiradi. Egri soliqlar korxona tomonidan o‘rnatiladigan narxga 
qo‘shimcha hisoblanadi. Bunday soliqlar og‘irligi iste’molchi zimmasiga tushib, 
natijada ular daromadining bir qismini qamrab oladi. Shuning uchun hozirgi 
davrda qo‘llanilayotgan milliy hisoblar tizimida 
SIMdan egri soliqlar chegirib 
tashlanib, milliy daromad (MD) ko‘rsatkichi aniqlanadi: 
daromad
milliy
soliqlar
egri
biznesga
SIM



Shunday qilib, hozirgi hisoblar tizimida SIM miqdori bilan MD miqdori bir-biridan 
farq qilib qolgan. Aslida hududlar va tarmoqlar bo‘yicha farq qilsada, mamlakat 
miqyosida ularning miqdori farq qilmasligi lozim. Chunki milliy daromad sof ichki 
mahsulotning sotilgandan keyingi puldagi ko‘rinishidir. Shuning uchun ba’zi 
adabiyotlarda milliy daromadni sof mahsulotning o‘zgargan shakli deb ham 
yuritiladi. Bu holat milliy hisoblar tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan milliy daromad farqlanadi. 
Ishlab chiqarilgan milliy daromad

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   319   320   321   322   323   324   325   326   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin