395
maydonlari tanlov asosida ellik yilgacha meros qilib qoldirish huquqi bilan ijaraga
berildi;
– Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 sentyabrdagi 383-sonli qarori bilan
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchilar
bilan tayyorlov, ta’minot va xizmat
ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida
shartnomalar tuzish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish,
bajarish va bajarilishini monitoring qilish tartiblari belgilandi;
– 2004 yil 26 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi
to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq fermer xo‘jaliklarining huquqiy maqomi,
faoliyatining tashkil etilishi hamda ularning huquq va majburiyatlari to‘liq belgilab
berildi;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 5 noyabrdagi PQ-725-
sonli Qaroriga muvofiq hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini
davlat budjeti
hisobidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun maqsadli mablag‘lar ajratildi;
– barcha qishloq xo‘jaligi yer maydonlari to‘liq
inventarizatsiya qilinib,
fermer xo‘jaliklarining faoliyatini tanqidiy baholash asosida ularning yer
maydonlari optimallashtirildi.
2020 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 92,6
mingta fermer
xo‘jaligi, 5 mln.ta dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari va 27,6 mingta qishloq
xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda
1
.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi 2019 yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotining
25,5 foizini etishtirib berdi (13.4-jadval).
Jadvaldan ko‘rinadiki, Respublikamiz agrar tarmog‘ida amalga oshirilayotgan
tub iqtisodiy islohotlar va tarkibiy o‘zgarishlar natijasida qishloq xo‘jaligining
asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘sib bormoqda. O‘tgan 2010-2019 yillar oralig‘ida
joriy narxlarda qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti qiymati o‘sib borish dinamikasiga
ega bo‘lib, 2010 yildagi 151810,7 mlrd. so‘mdan 2019 yilda 130599,9 mlrd.
so‘mga etgan.
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari asosida.