Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma’lum yer uchastkasiga



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə296/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma’lum yer uchastkasiga 
tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi.
Yerga egalik deganda avvalo 
yerga bo‘lgan mulkchilik huquqi va uni iqtisodiy jihatdan realizatsiya qilish ko‘zda 
tutiladi. Yerga egalikni eri bo‘lgan mulkdor (bizda davlat) amalga oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksida ta’kidlanganidek, «Yer uchastkalari 
yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish hamda ulardan 
foydalanish uchun berilishi mumkin»
1
.
Yerdan foydalanish huquqi
– bu o‘rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy 
tartibda undan foydalanishni bildiradi.
Yerdan foydalanuvchi yer egasi bo‘lishi 
shart emas. Real xo‘jalik hayotida yerga egalik qilish va erdan foydalanishni 
ko‘pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda asosan dehqon 
va fermer xo‘jaliklari amalga oshiradi. Xulosa qilib aytganda, qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishida ham to‘rt omil – er, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va ishchi 
kuchi qatnashib, bunda yer muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi. 
Ammo biz avval aytganimizdek, ishlab chiqarish jarayonida hamma ishlab 
chiqarish vositalarini, jumladan, yerni xarakatga keltirib, undan unumli 
foydalanadigan, uning iqtisodiy unumdorligini oshiradigan omil – ishchi kuchidir. 
Agrar munosabatlarni o‘rganishda ham ishchi kuchining, jonli mehnatning faol rol 
o‘ynashini, uning hamma moddiy vositalarga jon ato etib, harakatga keltiruvchi 
rolini tushunmaslik go‘yo kapital foyda yoki foiz, yer esa renta yaratadi, degan 
ko‘pgina xato fikr-mulohazalarga, yolg‘on tasavvurlarga olib keladi.
Agar mamlakatimizda aholi sonining va ularning qishloq xo‘jaligi 
maxsulotlariga bo‘lgan talabining oshib borishini, qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli 
yerlar maydonining ko‘paymasligini, aksincha, ayrim sabablarga ko‘ra (sho‘rlanish 
natijasida, qurilish maydonlariga, yo‘llarga ajratilishi natijasida) ularning kamayib 
borishini hisobga olsak, yerning har bir birligidan unumli foydalanish masalasi 
borgan sari dolzarb masala bo‘lib boradi. 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi «Еr kodеksi». T., «O‘zbеkiston», 1999 y., 20-modda. 


383 
Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta 
munosabatlari nazariyasi hozirgacha to‘liq o‘rganilmagan va to‘liq yoritib 
berilmagan nazariyalardan hisoblanadi. Iqtisodchilar o‘rtasida uning mohiyatini 
tushuntirish bo‘yicha turlicha yondashuv va qarashlar mavjud bo‘lib, ularning 
ayrimlari noaniqligicha qolmoqda. Shu sababga ko‘ra rentani miqdoriy aniqlash va 
uning mohiyatini tushuntirish bo‘yicha asosiy va ko‘pincha bir-biriga qarama-
qarshi bo‘lgan nazariyalarga duch kelamiz.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin