Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə298/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

rentasi – yer 
egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir.
Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o‘rtasida 
qayta taqsimlanmaydigan qo‘shimcha sof daromadni vujudga kelishi shart-sharoit 
va sabablarining ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining 
sabablaridan biri samarali xo‘jalik yuritish uchun yaroqli bo‘lgan yerlarning 
cheklanganligi va qayta tiklab bo‘lmasligida o‘z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi 
– yerga yoki boshqa tabiiy resurslarga mulkchilik obyekti yoki xo‘jalik yuritish 
obyekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, 
ko‘p mamlakatlarda qishloq xo‘jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya’ni 
1
Основы экономической теории. Политэкономия: Учебник /Под ред. д-ра экон. наук, проф. Д.Д.Москвина. 
Изд. 3-е, исправл. – М.: Едиториал УРСС, 2003, с.216-217. 


385 
ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchigai sarflangan kapital o‘rtasidagi 
nisbatning pastligi hisoblanadi. 
Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar 
natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha maxsulot qiymatning bir qismi 
renta shaklini oladi hamda u differensial renta deb ataladi. 
Qishloq xo‘jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi – yerning miqdori va 
sifatini tabiatning o‘zi cheklab qo‘ygan, uni inson ko‘paytirishga qodir emas. 
Shuning uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi va o‘rtacha 
unumdor yer uchastkalarida tashkil etish bilan cheklanish mumkin emas. Qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlariga talab ko‘p bo‘lganligi uchun yomon, kam unumli yerlarda 
ham ishlab chiqarishni tashkil etish zarurdir. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot 
to‘lovga qodir talab bilan ta’minlangan bo‘lsa, yerning mahsuldorligi yoki 
joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo‘jalik tovarlariga narx shakllanishini 
tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o‘rtacha yoki yaxshi 
yerlarda xo‘jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar ustama qo‘shimcha mahsulot va 
binobarin qo‘shimcha foyda oladilar. Demak, differensial renta hosil bo‘lishining 
tabiiy sharti miqdori cheklangan yerning sifati (unumdorligi) dagi farqlardir, uning 
ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan 
alohidalashgan tarzda mustaqil xo‘jalik yuritishdir. 
Differensial renta o‘zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differensial renta I 
va differensial renta II ga bo‘linadi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin