Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə291/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
Asosiy tayanch tushunchalar 
Ish haqi
– ishchi va xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va 
unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasi. 
Vaqtbay ish haqi
– ishchining ishlagan vaqti (kun, hafta, oy) hisobga olinib 
to‘lanadigan ish haqi. 
Ishbay ish haqi
– ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki bajarilgan ish 
hajmiga qarab to‘lanadigan ish haqi. 
Real ish haqi
– nominal ish haqi summasiga sotib olish mumkin bo‘lgan 
tovarlar va xizmatlar miqdori yoki nominal ish haqining sotib olish layoqati. 
Nominal ish haqi
– pul shaklida olingan ish haqi summasi. 


374 
Ishbay-mukofotli haq to‘lash tizimi
– bajarilgan ish uchun haq to‘lashni 
erishilgan turli natija ko‘rsatkichlariga qarab mukofot berish bilan qo‘shib olib 
borilishini nazarda tutuvchi tizim.
Ishbay-progressiv haq to‘lash tizimi
– ishchining belgilab qo‘yilgan me’yor 
doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif 
bo‘yicha, me’yordan yuqori qismiga esa oshirilgan haq (tarif) bo‘yicha ish haqi 
to‘lanishini ko‘zda tutuvchi tizim.
Tarif tizimi
– ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasini tarmoqlar va 
mamlakat mintaqasi bo‘yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi 
xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab tartibga solib turuvchi me’yorlar 
majmui. 
Tarif-malaka ma’lumotnomalari
– ayrim kasblar va mehnat turlarining 
batafsil ta’rifi, ishchi va mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan 
talablar, turli tavsifdagi ishlarni tariflash uchun qo‘yiladigan razryadlar majmui.
Tarif setkasi
– turli razryadlar va tarif koeffitsientlari majmui bo‘lib, ular 
birinchi razryadli ishchiga haq to‘lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga 
haq to‘lashning o‘zaro nisbatini ko‘rsatadi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin