Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə289/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 

S
 

W
2
e

W


1
 

S D 



0 Q
2
Q
1
I
shchi kuchi miqdori 
12.2-rasm. Ochiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’siri 
Ochiq turdagi yoki tarmoq kasaba uyushmasi deyarli barcha ishchilarni o‘z 
tarkibiga kiritish orqali ishchi kuchi taklifini nazorat qilib, ish haqi darajasini erkin 
raqobat sharoitidagi W
1
dan W

ga qadar oshiradilar. Natijada ishchi kuchi taklifi 


371 
egri chizig‘i SS dan W
2
aS ga siljiydi. W

ish haqi darajasida ish beruvchilar 
bandlik darajasini Q
1
dan Q

ga qadar qisqartiradilar. 
Hozirgi zamon mehnat munosabatlari o‘zida davlatning ta’sirini ham aks 
ettiradi. Davlatning qonunchilik faoliyati mehnat munosabatlarining barcha 
tomonlarini qamrab oladi. U nafaqat iqtisodiyot davlat sektorining ishchi kuchiga 
bo‘lgan talabini bildiradi, balki uni xususiy sektorda ham tartibga soladi, milliy 
iqtisodiyot miqyosida ishga yollashning asosiy o‘lchamlarini aniqlaydi. 
Mehnat munosabatlariga davlatning ijtimoiy dasturlari (kam ta’minlangan 
oilalarga yordam, ishsizlik bo‘yicha nafaqa, har xil ijtimoiy to‘lovlar, pensiya 
ta’minoti va boshqalar) katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu dasturlar bozor tahlikasi yuqori 
bo‘lgan davlatlarda aholining ijtimoiy–iqtisodiy ahvolini barqarorlashtirishga 
ma’lum bir darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Davlatning ishchi kuchi bozoridagi vositachilik roli ham mehnat 
munosabatlariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jumladan, bo‘sh ish 
o‘rinlarini aniqlash va tavsiya qilish hamda ishga joylashtirish bo‘yicha 
umummilliy dasturni ishlab chiqish vazifalarini bajarishi mumkin. Ishchilarni 
o‘qitish va qayta tayyorlashning davlat tizimi bozorning o‘zgaruvchan talablariga 
tez moslashishga imkon beradi. 
Mamlakatimizda kasaba uyushmalari faoliyatini takomillashtirish, Keksa 
avlodni qo‘llab-quvvatlash va manzilli ijtimoiy himoyasini kengaytirish borasida 
ish beruvchilar va kasaba uyushmalarining mas’uliyatini oshirish hamda keksalarni 
moddiy qo‘llab-quvvatlash. maqsadida ularning oldiga bir qator vazifalarni qo‘yish 
ko‘zda tutilmoqda. Jumladan,
“Jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali keksa avlod vakillarini ma’naviy 
va moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlarni amalga 
oshirish; 15 ming nafar pensiya yoshidagi shaxslarga pensiyaga chiqishdan oldin 
bir yo‘la moddiy yordam berish va ularni qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash; 
14 ming nafar xodimlarga yubiley sanalari munosabati bilan qimmatbaho sovg‘alar 


372 
topshirish; 55 ming nafar ishlamaydigan pensionerlarga (korxonalarning sobiq 
xodimlariga) moddiy yordam berish”
1

Ushbu bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarga sarflanadigan xarajatlarga 8000,0 
mln. so‘m rejalashtirilgan bo‘lib, shundan ish beruvchilar mablag‘lari – 7000,0 
mln.so‘m, Kasaba uyushmalari mablag‘lari esa – 1000,0 mln.so‘mni tashkil etadi.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin