Andijon mashinasozlik instituti 70310102 –"Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)" mutaxassisligi magistranti Raxmonov Azizbek Akbaraliyevichning “Sanoat korxonalarida mehnatni tashkil etish va boshqarish tizimini rivojlantirish” mavzusidagi magistrlik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishiga
TAQRIZ
Mamlakatimiz korxonalarida mehnatni tashki etish va boshqarish tizimini toʻgʻri tashkil etish alohida ahamiyatga ega.
Sanoat ishlab chiqarish sektorlardagi ishlab chiqarish hamda xizmat koʻrsatish korxonalarida mehnatni tashkil etish va boshqarish uchun bir qancha vazifalarning har birini bir vaqtning oʻzida va bir-biriga bogʻliq holda kompleks hal etish lozim. Iqtisodiy vazifalar provardida ish vaqtini tejash boʻlib chiqadi. Lekin bu yoʻnalishda eng yuqori darajalarga erishish uchun sogʻlom mehnat sharoiti va natijalaridan manfaatdorlikni taʻminlash zarur boʻladi.
Zamonaviy sharoitda moddiy shaklga ega boʻlgan mahsulotlarning kuchli oqimlari ishlab chiqarish va aylanish sohasi boʻylab yakuniy isteʻmolchi tomon harakat qilmoqda. Avtomobilsozlikda mahsulotlar ishalb chiqarish yildan-yilga kengayib bormoqda, raqobat tizimi ogʻirlashmoqda. Uni targʻib qilish jarayonlarining sifatiga qoʻyiladigan talablar tobora kuchayib bormoqda. Bunda jarayonlar tezroq, aniqroq va tejamkor boʻlishi kerak. Ushbu ishlarni bajarish uchun korxonada mehnatni tashkil qilish va boshqarish tizimlarining samarali ishlash bilan bogʻliqdir..
Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalarida mehnatni tashkil qilish va boshqarish jarayoni boʻyicha nazariy bilmilarni oʻrganish, tadʼqiq qilish hamda rivojlantirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar qoʻyiladi: sanoat ishlab chiqarish korxonalarida mehnatni tashkil qilish va boshqarish jarayonini oʻrganish, avtomobilsozlik korxonalarida mehnatni tashkil qilishning oʻziga xos xususiyatlarini tahlil qilish, mehnatni boshqarishdagi zamonaviy tizimlarni oʻrganish va bu boʻyicha amaliy maʼlumotlar asosida takliflar ishlab chiqish kabilar.
Tadqiqot obʻyekti sifatida sanoat korxonalarida mehnatni tashkil qilish va boshqarish boʻyicha tizimlarining avtomobilsozlik korxonalari boʻyicha vazifalari tanlab olingan va atroflicha oʻrganilgan.
Magistrant tadqiqot davomida ilmiy jihatdan quyidagi yangi natijalarga erishgan:
- sanoat korxonalarida mehnatni tashkil qilish va boshqarishning funksional vazifalari toʻliq yoritilgan;
- avtomobilsozlik korxonalaridagi mehnatni tashkil qilish va boshqarish jarayonidagi mavjud boʻlgan muammo aniqlanib, ularning yechimi batafsil bayon etilgan;
- sanoat korxonalarida mehnatni tashkil qilish va boshqarish boʻyicha amaliy bazadagi korxonaga mos boʻlgan metodlar ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etish uchun tavsiya qilingan;
- sanoat korxonalarida mehnatni ragʻbatlantirish tizimi oʻrganilib, uni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berilgan.
Kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati Magistrlik dissertatsiya ishida toʻliq keltirilgan. Ushbu dissertatsiyaga taalluqli maqola va tezislar OAK roʻyxatiga kiruvchi jurnal va konferensiyalarda chop etilgan.
Magistrlik dissertatsiyasi keltirilgan ijobiy jihatlar bilan ayrim kamchiliklardan xoli emas, jumladan:
- magistrlik dissertatsiyasida ayrim grammatik xatoliklar mavjud;
- keltirilgan modellar va algoritmlar batafsil bayon qilinmagan.
Lekin koʻrsatilgan kamchiliklar ishning ijobiy jihatlariga salbiy taʻsir qilmaydi.
A.Raxmonovning 70310102 –"Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)" mutaxassisligi boʼyicha “Sanoat korxonalarida mehnatni tashkil etish va boshqarish tizimini rivojlantirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi tugallangan va davlat taʻlim standartlari talablariga javob beradi hamda bajarilgan ishni Andijon mashinasozlik institutida rasmiy himoya qilish uchun tavsiya etaman.
Andijon Mashinasozlik insitituti, “Buxgalteriya hisobi va menejement” kafedrasi катта ўқитувчиси, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent